Prezident Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan GTL zavodiga vertolyotda yetib keldi va ochilish marosimidan avval mutasaddilar taqdimoti bilan tanishdi.
“Har bir kon — bu Xudoning bizga bergan marhamati, ne’mati, imkoniyati. Bu imkoniyatdan foydalanganda Xudodan qo‘rqib, bandasidan uyalib, pok bo‘lib ish olib borilsa, ilm va innovatsiya birlashtirilsa, natija kutilganidan ham ziyod bo‘ladi. Bu majmua salohiyati ko‘zlanganidan 2-3 baravar ko‘proq. AQSh, Kanada, Rossiyadan hamkorlar kelyapti bizga. Ular potensialni yuqori baholayapti, ishonyapti. Hamkorlar bilan innovatsion texnologiya bo‘yicha ish olib borishimiz zarur.
Menga fevral oyida taqdimot qilasizlar (mutasaddilarga qarata). Kafolatlangan xomashyo kerak bu majmuaga. Xudo xohlasa, 2022-yil 1-mart kuni majmua to‘liq rejimga o‘tadi. Har bir kun g‘animat. Biz xalq manfaati uchun har bir kunni g‘animat bilib ishlashimiz, tezroq to‘liq quvvat ish rejimiga o‘tishimiz kerak”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)