Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

  • 2021-yil davomida “temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
  • 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
  • 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.
Bundan avval O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash tartibi tasdiqlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi