Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namanganda Damas velosipedchining umriga zomin bo‘ldi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021-yil 29-noyabr kuni soat 14:30 larda Uchqo‘rg‘on tumani Andijon ko‘chasida fuqaro (Norin tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan) o‘zi ishlovchi MChJga tegishli Damas avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.

Shu sabab o‘zidan oldinda ketayotgan velosipedchini (Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

Oqibatda velosipedchi bosh miya yopiq sinishi va qon quyilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 9-dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi