• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev “Qumtor” ishi bo‘yicha yana Bishkekka keldi

    Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Moskvadan Bishkekka uchib keldi. Bu haqda “AKIpress” va 24.kg manbalariga tayangan holda, shuningdek, “Vesti.kg” sobiq davlat kotibi Osmonakun Ibraimovga tayanib xabar berdi.

    Foto: Kloop

    Foto: Kloop

    “AKIpress” xabariga ko‘ra, Akayev va o‘g‘li mahalliy vaqt bilan 4:40 da (Toshkent vaqti bilan 3:40) Moskva-Bishkek reysida mamlakatga yetib kelgan.

    Akayev Qirg‘izistonga bir yil ichida ikkinchi marta tashrif buyurmoqda. Bundan avval u mamlakatga avgust oyida kelgan va mintaqadagi eng yirik oltin koni Qumtor atrofidagi korrupsiya ishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

    Sobiq bosh vazir Feliks Kulovning ta’kidlashicha, sobiq prezident respublikaga o‘z ixtiyori bilan qaytgan, Akayevning o‘zi esa tergov bilan hamkorlik qilishini aytdi.

    Oltin zaxirasi 700 tonnaga baholanayotgan Qumtor koni bo‘yicha ish konni qazish huquqini 1992-yilda tendersiz qo‘lga kiritgan Kanadaning “Kameko” kompaniyasi bilan bog‘liq. Mamlakat huquq-tartibot idoralari kelishuvni Qirg‘iziston uchun noqulay, deb hisoblamoqda. 2003-yildagi bitim ham korrupsiyaga uchragan, deb hisoblanadi, chunki “Kameko” bilan bosh kelishuvni qayta tuzish natijasida Qirg‘izistonning qo‘shma korxonadagi ulushi 25,7 foizga kam baholangan.

    Avgust oyida Akayev so‘roqdan o‘tgach, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mazkur ish bo‘yicha mamlakatning sobiq bosh vaziri Temir Sariyevni hibsga oldi. Qo‘mitada ma’lum qilinishicha, uning xatti-harakatlari Qirg‘izistonga “katta zarar” keltirgan, chunki u Qumtorda oltin qazib olish natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini bir necha million dollarga kamaytirib ko‘rsatgan. “Qumtor” ishida Qirg‘iziston parlamentining deputatlari va amaldorlar gumon qilinmoqda.

    Asqar Akayev 1990-yildan 2005-yilgacha dastlab Qirg‘iziston SSR, so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti bo‘lgan. 2005-yilda to‘qnashuvlar va prezident qarorgohining qirg‘in qilinishi voqealari hamrohlik qilgan “Lolalar inqilobi” deb nomlangan davrda Qirg‘iziston prezidenti lavozimidan chetlatilgan, so‘ng u Rossiyaga qochib ketgan.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘izistonda Qumtor oltin konini qazuvchi kompaniyaning chet ellik sobiq rahbarlari 200 mln dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berildi
    • Qirg‘iziston hukumati va Kanada kompaniyasi nima sababdan “Qumtor” oltin konini bo‘lisha olmayapti?
    • Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekov “Qumtor” ishi bo‘yicha so‘roq qilindi

    14.12.2021, 17:24   Izoh (0)   38595
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Kentukki shtati tarixida kuzatilgan eng kuchli tornadodan keyingi holat

    14.12.2021, 15:55

    Moskvada yog‘gan kuchli qor 32 yillik rekordni yangiladi

    14.12.2021, 15:07

    Butun dunyo yoshlari iqlim o‘zgarishi sabab insoniyat kelajagini pessimistik baholadi

    14.12.2021, 14:36

    Vladimir Putin va Boris Jonson telefon orqali suhbatlashdi. Ular Ukraina va Rossiya qo‘shinlarining chegarada to‘planishini muhokama qilgan

    14.12.2021, 12:56

    “Koronavirusdan keyin dunyoni yanada jiddiy chaqiruvlar kutmoqda” — JSST

    14.12.2021, 11:57

    Kentukkiga yopirilgan tornado oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 kishiga yetdi

    14.12.2021, 11:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.