O‘zbekiston “Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmaslik” reytingida 139 ta davlat ichida 138-o‘rinni egalladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Deputatlarga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Jahon odil sudlov loyihasi xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Huquq ustuvorligi” indeksining “Qonunlarga rioya qilish” indikatorining “Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmasligi” subindikatorida (2021-yil hisobotida) O‘zbekiston maksimal 1 balldan 0/25 ball bilan 139 ta mamlakat ichida 138-o‘rinni egallagan.
“ ‘Pozor’!!! Xususiy mulk daxlsizligi bo‘yicha xalqaro hamjamiyatda O‘zbekistonning mana shu kulgili ahvolga tushishiga hissa qo‘shgan barcha amaldorlarga ‘rahmat!’ ”, – deb yozadi deputat kinoya bilan.
Izoh (0)