• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda mast erkak u bilan birga aroq ichishni xohlamagan hamqishlog‘ini urib o‘ldirib qo‘ydi

    Buxoroda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda hamqishlog‘iga og‘ir tan jarohati yetkazib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Fuqaro avvaliga o‘z jinoyatiga iqror bo‘lmagan. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi sudyasi Boborahim Ochilov ma’lum qildi.

    Ta’kidlanishicha, G‘ijduvon tumanidagi Sarmijon qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Mansur Sharipov va uning qaynukasi Xoliq Ro‘ziyev hamda Shavkat Sharopov (ism shariflar asliga to‘g‘ri)lar uzoq yillardan buyon ustachilik bilan shug‘ullanib kelgan. Ular bir necha oydan buyon ishlab kelishayotgan xonadondagi ta’mir va bezash ishlarini yakunlab, mahalladagi choyxonalardan birida o‘tirishga o‘zaro kelishgan.

    Ustalar ovqatlanish barobarida spirtli ichimliklar ham iste’mol qilgan. Xuddi shu paytda choyxona oldidan o‘tib ketayotgan hamqishloqlaridan biri Tilav Hojimurodov ham ularning davrasiga kelib qo‘shilgan. Tilav Xoliqqa pul berib, uning hisobidan yana bir shisha aroq olib kelishini talab qilgan. Xoliq esa boshqa ichmasligini va dam olish uchun uyiga ketishini bildirgan va ular og‘zaki tortishib qolgan.

    Xoliq uyiga ketmoqchi bo‘lib choyxona darvozasidan chiqqan vaqtda Tilav uning orqasidan kelib urgan va ikki o‘rtada janjal boshlangan. Janjal o‘zaro qattiq mushtlashuvga aylangan. Tilav Xoliqni duch kelgan joyiga mushtlab urib, do‘pposlab yerga yiqitgan va oyoq, qo‘l va boshlariga qattiq zarbalar bilan tepgan. Shavkat va Mansur ularni ajratgan.

    Mansur qaynukasi Xoliqni ham mast, ham og‘ir tan jarohati olgan ahvolda o‘z uyiga olib ketgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Xoliqning o‘g‘li Azamat Rashidov voqea joyiga kelgan va Shavkatdan “Nega otamni urasizlar?” deya baqirib ketgan. Shavkat Xoliqning o‘g‘li Azamatga Tilavning aybi bilan ular mushtlashishganini, pochchasi Tilavni uyiga olib ketganini va boshqa hech narsani eslay olmayotganini aytgan.

    Ayni ular gaplashib turishganiga hali bir necha daqiqa o‘tmay turib, ularning oldiga tez tibbiy yordam avtomashinasi kelib to‘xtagan va tibbiy xodimlar fuqaro Mansur Sharipovning uyi qayerda ekanini so‘rashgan. Shunda pochchasining uyida hush-behush yotgan otasining ahvolidan xabardor Azamat sarosimaga tushib qolgan va tez yordam mashinasiga o‘tirib, ular bilan birga Mansurning uyiga kelgan.

    Tibbiy xodimlar yetib kelgan, bemorni tezkor birlamchi ko‘rikdan o‘tkazgan va uning bir necha daqiqa oldin vafot etganini bildirgan. Voqea joyiga yetib kelgan tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari marhumning peshona va burun sohalaridagi jarohatlar, uning lablari ko‘karib ketgani bilan qiziqishgan va tezkor surishtiruv ishlarini olib borgan.

    Marhumni jasadni saqlash bo‘limi (morg)ga olib ketilgan va uni sud tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi viloyat filialida ekspertiza qilingan.

    Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhum Xoliq Ro‘ziyev badanida bosh miya ikkala yarim sohasidagi subdural, ya’ni qattiq pardaosti qon quyilishi, bosh miya lat yeyishining og‘ir darajasi, bosh miya va miyacha yumshoq pardausti va ostiga, bosh miya va miyacha to‘qimasiga va qorinchalariga qon quyilishi, bosh miya shishi, peshona o‘rta, burun qirrasi o‘rtasi, o‘ng ko‘z pastki burchak sohasi, o‘ng yuqori qovoq tashqi, og‘iz o‘ng burchagi, pastki jag‘ chap tomon o‘rta sohasidagi shilinmalar, ko‘krak qafasi chap qo‘ltiq osti sohasi old yuzasida va o‘ng yonoq sohasidagi qontalashlar, pastki lab ichki yuzasidagi qon quyilishlar jarohatlari borligi aniqlangan.

    Ushbu jarohat og‘irlik darajasiga ko‘ra, inson hayotiga xavf soluvchi og‘ir tan jarohati toifasiga kirishi, jarohatlarning joylashgan o‘rni, xususiyati va relyefiga ko‘ra, marhumning o‘z bo‘yi balandligidan yiqilib tushishga xarakterli emasligi bildirilgan. Shuningdek, marhumning qonidan 2,32 foiz promilli etil spirti aniqlangani, bu miqdor uning o‘limiga olib keladigan va uni tezlashtirishga sabab bo‘ladigan kasallik emasligi haqida ko‘rsatma berilgan.

    Sud tergov-surishtiruv jarayonlari avvalida Tilav Hojimurodov Xoliqni faqat bir marta oyog‘idan va bir marta yelka qismidan oyog‘i bilan tepgani, uni boshidan tepmagani haqida vajlar keltirgan. Biroq sud-tergov harakatlari uning barcha vajlarini to‘liq rad etgan va aybdor bu vajlarni javobgarlikdan qutilishga qaratilgan harakat, deb baholagan.

    Sudlanuvchi o‘z aybini to‘liq tan olishga majbur bo‘lgan. Tilav Hojimurodov Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismining “d” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Ushbu modda bilan unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Mavzuga doir:

    • Turin politexnika universitetining 18 yoshli talabasi urib o‘ldirilgani aks etgan video e’lon qilindi
    • Andijonda arazlab ketib qolgan xotinining burnini tishlab, uzib olgan erkakka hukm o‘qildi
    • Samarqanddagi kafeda mast mijozni urib o‘ldirgan yigit 8 yilga qamaldi

    11.12.2021, 09:13   Izoh (0)   26989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri ishga tushiriladi

    11.12.2021, 08:10

    Vafot etgan prezidentlikka nomzod, muhojirlarning yangi to‘lqini, abadiy shahardagi tornado. 10-dekabr suratlari

    10.12.2021, 23:53

    O‘zbekistonda avtomototransport vositalarini ijaraga berishda notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinmoqda

    10.12.2021, 23:46

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

    10.12.2021, 22:52

    “Daryo” so‘rovnomasi: O‘zbekiston madhiyasi qachon qabul qilingan? Mualliflari kim?

    10.12.2021, 22:19

    Rossiyadagi mehnat migrantlari maoshi qancha?

    10.12.2021, 22:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.