Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3-dekabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmga amaliy tashrifi doirasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Helga Shmid bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan. Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash, davlat boshqaruvining samaradorligi va shaffofligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yashil iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, inson huquqlarini himoya qilish, gender tengligi tamoyillarini ilgari surish kabi yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni faollashtirishdan tomonlarning birday manfaatdor ekani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston masalasi, jumladan, ushbu mamlakatni nizodan keyingi tiklash bo‘yicha tashkilotning o‘zaro kelishilgan pozitsiyasini ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Shuningdek, Helga Shmid YXHTning Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda BMT Global terrorizmga qarshi kurash strategiyasining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etishga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Foto: Boks afsonasi Mayk Tayson nogironlar aravachasida
Dunyo
Argentinada ish haqini oshirish talabi bilan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Mahalliy
“Avtomobillarga gazni belgilangan miqdordan ortiq quyish holatlariga bir necha bor guvoh bo‘ldik” —  senator