So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Abdulaziz Komilov: “Afg‘on muammosi yukini mintaqa davlatlari, ayniqsa, eng yaqin qo‘shnilar yelkasiga yuklamaslik kerak” 

    19.11.2021, 09:54 15118

    Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston–Yevropa Ittifoqi hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha jurnalistlar qiziqtirgan savollariga javob berdi. Xususan, vazir belgiyalik jurnalist Sadid Laylumning bir qancha savollariga javob berib o‘tdi.

    Foto: Tashqi ishlar vazirligi

    Foto: Tashqi ishlar vazirligi

    “Shu uch oy davomida O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali a’zolari Afg‘onistonga bir necha bor tashrif buyurdi. Shuningdek, ‘Tolibon’ va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar 1997-yildan beri, menimcha, ozmi-ko‘pmi ochiq.

    Savolim shundan iboratki, kelajakni qanday ko‘rasiz va ‘Tolibon’ boshqa guruhlarni qo‘shmagan holda tashkil qilgan vazirlar mahkamasiga qanday munosabatdasiz? Men ular inklyuziv hukumat deb ataydigan narsani nazarda tutyapman, lekin aslida unday emas.

    Afg‘onistondagi boshqa millatlar va ayollarga imkon berilmay tuzilgan hukumat bilan O‘zbekiston munosabat o‘rnatmoqchimi? Bu mamlakatning kelajagini qanday ko‘rasiz? Va shuningdek, elektr ta’minoti haqida nima deysiz? Ushbu yo‘nalishda ishlashni davom ettirish imkoniyati bormi?”, – deya savol bergan Sadid Laylum.

    Abdulaziz Komilov jurnalist savollariga quyidagicha javob berdi.

    “Bu muhim savol uchun rahmat. Biz Afg‘oniston masalasida O‘zbekistonning pozitsiyasini bir necha bor bildirganmiz. Shu munosabat bilan men buni takrorlamoqchi emasman. Men nimadan qochish kerakligini va bizning fikrimizcha, nima qilish kerakligini aytib bermoqchiman.

    Birinchidan, Afg‘oniston xalqaro hamjamiyatdan ajralgan holda qolmasligi kerak. Koalitsiya qo‘shinlarining bu mamlakatdan olib chiqilishi Afg‘oniston kelajagi uchun umumiy manfaatlar va jamoaviy mas’uliyat soqit bo‘lishini anglatmasligi kerak.

    Ikkinchidan, Afg‘oniston notinch davlatga aylanmasligi kerak.

    Uchinchidan, Afg‘onistondagi urush noharbiy usullar bilan davom ettirilmasligi kerak. Bu yerda men aktivlarni muzlatish, barqaror insonparvarlik yordami va uni yetkazib berishdagi kechikishlarni nazarda tutyapman, bu esa “Tolibon”ni o‘zini izolyatsiya qilish siyosatini olib borishga undamoqda.

    Endi bu vaziyatda nima qilish kerak?

    Birinchidan, Afg‘onistondagi mavjud voqelikni va kuchlarning yangi muvozanatini tan olish muhim. Afg‘on muammosi yukini mintaqa davlatlari, ayniqsa, eng yaqin qo‘shnilar yelkasiga yuklamaslik kerak.

    Ikkinchidan, Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish zarur. Afg‘onistonning xorijiy banklardagi aktivlarini muzlatib qo‘yish va tranzaksiyalarni tiklash kerak.

    Uchinchidan, biz aniq aytishimiz kerakki, “Tolibon”ning tan olinishi ma’lum shartlarga bog‘liq: barcha guruhlarning vakillariga asoslangan hukumat tuzish, asosiy inson huquqlarini ta’minlash, yaxshi qo‘shnichilik siyosatini yuritish, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, uyushgan jinoyatchilik va boshqalarga qarshi kurash.

    To‘rtinchidan, Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga har tomonlama yordam berishimiz kerak.

    Nihoyat, beshinchidan, “Tolibon”ning ijobiy qadamlarini har tomonlama rag‘batlantirish kerak. Misol uchun, qizlar uchun maktablar ochish, ayollarga davlat muassasalarida ishlash huquqini berish va hokazo. Ayni paytda yangi muvaqqat hukumatning bu borada qadamlari bor.

    Shu bois, xonimlar va janoblar, bu O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan xalqaro hamjamiyat, jumladan, Yevropa Ittifoqi tomonidan qanday choralar ko‘rishi kerakligi haqidagi juda aniq va ochiq pozitsiyasidir.

    O‘zbekistonga kelsak, biz energetika va transport kommunikatsiyalari sohasida jiddiy loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Biz Afg‘oniston muvaqqat hukumati a’zolarini O‘zbekistonga taklif qildik va iqtisodiyot, savdo-sotiq hattoki xavfsizlik sohasida ham hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘yish haqida kelishib oldik.

    Afg‘onistonning yangi rasmiylari bilan muzokaralar olib borganimizda ular chegara xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kafolatlar berdi. Bundan tashqari, biz harbiy koalitsiya bilan hamkorlik qilgan va ularga yordam bergan G‘arb davlatlari vakillari, fuqarolari va afg‘onlarni bir necha yirik evakuatsiya operatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirdik.

    Shunday ekan, qadamma-qadam kerakli natijaga erishish mumkinligiga umid qilamiz. Boshqa tanlovimiz yo‘q. Bu haqiqatni tan olish va mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini izlash kerak. Albatta, biz muvaqqat hukumatni bir tomonlama tan olmoqchi emasmiz. Umumiy xalqaro yondashuv bo‘lishi kerak”, – deydi Komilov.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qiladi
    • “Afg‘oniston yaqin kelajakda mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo‘lib qoladi” — Abdulaziz Komilov
    • “Tolibon” elektr energiyasi bo‘yicha O‘zbekiston oldidagi barcha qarzini uzishga va’da berdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?