• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Muhammadali Aliyev rafiqasining qistovi bilan aktyor bo‘lgani hamda onasining o‘limidan so‘ng o‘ziga kela olmayotgani haqida

    Muhammadali Aliyev tomoshabinlarga “Qadam” serialidagi Temur roli bilan yaxshi tanish. Bundan tashqari u Munisa Rizayevaning “Yurak” va “Ayrilding” kliplarida ham suratga tushgan. Qizig‘i, u aktyor bo‘lishni istamagan va ayolining turtkisi sabab shu sohani tanlagan. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova aktyor bilan suhbat uyushtirdi.

    “Otamni 16 yoshimga qadar ko‘rmaganman” 

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    — San’atkorlar oilasida tug‘ilganman. Otam Ma’ruf Aliyev ancha yil sport kanalida rejissor bo‘lib ishlagan, hozir esa teatrda rejissor yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritadi. Shunday bo‘lsa-da, bolalikdan san’atga qiziqqanman, deyolmayman. Chunki otam ikki yoshimda AQShga ketib, 16 yoshimda qaytib kelgan. Shu bois esimni tanigan paytimda san’atkor bo‘laman, degan qat’iy qarorim yo‘q edi.Oilada mendan avval akam va opam bor. Hamma oilada bo‘lganidek bizda ham moddiy qiyinchiliklar bo‘lgan. Televedeniyedagi oyliklar kamligi uchun moddiy jihatdan qiynalgan ekanmiz. O‘shanda otam AQShga ketib, 14 yil qora ishchi bo‘lib ishlagan.

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    Maktabni tamomlab, Iqtisodiyot kollejida tahsil olganman. Undan keyin Moskvadagi institutning psixologiya yo‘nalishiga hujjat topshirdim. Imtihonlardan o‘tolmay, bir yildan keyin Toshkent xalqaro Vestminster universitetiga kirishga harakat qildim. Ammo navbatdagi urinishlarim ham samara bermadi. Otam AQShda ishlayotgani sabab oilamizdagi moddiy ahvol ancha yaxshilandi. Onam savdo markazidan kichik do‘konlar xarid qildi. Talaba bo‘lish umidim so‘nib o‘zimni savdoda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Onamdan kichik do‘konlaridan birini menga berishini so‘radim. Bir necha yil do‘konchada shirinliklar sotish bilan shug‘ullanganman. Orada oila qurdim, ishim ham o‘zimga yoqardi. Ammo kutilmaganda onamda saraton xastaligi aniqlandi. Shundan so‘ng barcha do‘konlarni sotib, onamni davolatishga qaror qildik. Mana shundan keyin ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik hissi meni tark etmadi.

    “Aktyor bo‘lishimni ayolim istadi” 

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    — Aktyor bo‘lishimga ayolim sabab bo‘lgan. Agar u qo‘llab-quvvatlamaganida haligacha sotuvchi bo‘lib yurgan bo‘lardim. Bir kuni tanishlarimdan beri “Sevimli” kanalida serial uchun kasting o‘tkazilayotganini aytdi. Ayolim bu haqida eshitib, negadir kastingda ishtirok etishimni istadi. Balki bunga ishimdan qoniqmayotganim sabab bo‘lgandir. Ikkimiz rejissor Baxtiyor Safarovning oldiga bordik. Ammo suhbatdan so‘ng o‘zimni aktyor, Baxtiyor Safarovni rejissor sifatida ko‘rolmadim. Chunki “Qadam” seriali Baxtiyorning ilk rejissorlik ishi bo‘lgani uchun aniq fikri yo‘q edi. Tavakkal qilib syomkani boshlaganmiz.

    “Munisa Rizayeva bilan yaxshiman”

    — 2020-yili klipmeyker Habibulloh Nabiyev Munisa Rizayevaning “Bo‘ldi yurak” klipiga taklif etdi.  U bilan partnyor borisida bosh qotirdik. Shunda Kamila Gimandinova bilan klipda ham suratga tushsak-chi, dedim. Bu fikr klipmeykerga ham ma’qul keldi. “Bo‘ldi yurak” klipi o‘zbek shou-biznesidagi eng qimmat kliplardan biri hisoblanadi. Rolim murakkab bo‘lgani bois gonorarim ham ancha baland bo‘lgan. Klipmeyker bilan  800 AQSh dollariga kelishganmiz. Bundan tashqari, Habibullo aka o‘zim suratga oladigan kliplarda  amaliy ko‘mak berishni  ham va’da qilgandi. So‘zining ustidan chiqib, rejissorligimdagi ilk klipni suratga olishimga ko‘maklashdi. Oradan to‘rt oy o‘tib Munisa Rizayeva qo‘ng‘iroq qilib yana bir klipiga taklif etdi. Munisa Rizayeva bilan yaqin bo‘lganimiz uchun ikkinchi taklifni ham bajonidil qabul qildim. “Ayrilding” klipini Jamshid Hojiniyozov suratga oldi. Munisa Rizayevani hurmat qilaman, mard, samimiy inson.

    “Faqat aktyor bo‘lib qolish niyatim yo‘q” 

    — Asli rejissor emasman, ammo bu sohaga qiziqishim baland. Shu bois kichik reklama roliklari va kliplar ham suratga olaman. Yosh xonanda Mushtariy Zafarning “Ikki ko‘ngillar” klipini suratga oldim. Menimcha, klip u qadar yomon qabul qilinmadi. Ammo rejissorlik bo‘yicha ko‘p narsalarni o‘rganishim kerak. Kliplarga takliflar ko‘p bo‘ladi. Imkon qadar rad etmaslikka harakat qilaman. Chunki syomka jarayonida nimalarnidir o‘rganaman. Kelajakda bu mutaxassislik bo‘yicha xorijda tahsil olish niyatim bor.

    “Kamila Gimandinova bilan do‘stmiz” 

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    — “Qadam” serialidan so‘ng “Ayolingiz Kamiladan rashk qilmaydimi?” degan gaplarni ko‘p eshitdim. Yo‘q, biror marta ayolimning rashkini sezmaganman. Balki u mendan ham ko‘proq aktyor bo‘lishimni istagani uchun rashk qilmas. Aynan serial suratga olinayotganda u homilador bo‘lgan. Lekin epizodlarni men bilan muhokama qilishga, rolim haqida qayg‘urishga o‘zida kuch topgan. Aslida Kamilaning o‘rniga boshqa qiz suratga tushish kerak edi. Ammo u qiz rolni rad etdi va yana aktrisa izlandi. Kamila bilan avvaldan tanish bo‘lmaganman, ammo uning fe’l-atvori ilk ko‘rishda yaxshi taassurot qoldirgan. U hozir eng yaxshi do‘stlarimdan biri desam ham bo‘ladi.

    “Onamdan ayrilgan kunim hammasi tamom degandim” 

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    — Yuqorida aytib o‘tganimdek, san’atkor bo‘lishimda ayolimning hissasi juda katta. Chunki u sabab tavakkal qilishga qaror qilganman. Agar “Aktyor bo‘lib tayyor ishingizni yo‘qotasiz”, deganda hech qachon san’atni tanlamagan bo‘lardim. Aynan serialdagi ishtirokim hayotimga o‘zgacha nur bag‘ishlagan.Hayotimdagi eng yomon kun esa 2014-yil sodir bo‘lgan. Onamda saraton xastaligi aniqlangan. Olti yillik davolanishlar samara bermagach, shu yili Turkiyada jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Hammasi ortda qoldi, endi sog‘lig‘imdan muammo yo‘q deganlarida O‘zbekistonga qaytib, sentabrda kovid bilan kasallandi. Birdan ahvoli yomonlashib,  jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Ertasi kuni kasalxonada jon berdi. Ochig‘i, onamni yo‘qotgach tushkunlikka tushib qoldim. Bu tashqi ko‘rinishimga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Semirib ketishimning boisi ham shunda. Yaxshiki otam yonimda, uning turtkisi sabab yangi ijodiy loyihalarga qo‘l uryapman.

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    Foto: Instagram / @themukhammad.ali

    Ma’lumot uchun, Muhammadali Aliyev 1996-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shu kungacha, “Qadam”, “Shukrona”, “Zulmat ortida”, “Ko‘ngil” seriallarida, “101 reys” filmida  suratga tushgan. Oilali, ikki farzandning otasi.

                       Mavzuga doir: 

    • “Shukrona”dagi Maryam — Odina To‘xtasinova: Tarjimondan aktrisaga aylangan hamshira (foto)
    • “Daydi qiz”dagi Taxmina – Fotima Berdiyeva kinoda boshqa suratga tushmasligi va chet ellik yigitga turmushga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi
    • Yulduz Usmonova sabab san’atga kirib kelgan, Ziyodaning “Tor ko‘cha” klipi bilan tanilgan Zarina Yo‘ldosheva murakkab taqdiri hamda aktrisalikni davom ettirmasligi haqida (video)

    02.12.2021, 13:45   Izoh (0)   58665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kalmar o‘yini” Gotham Awards versiyasiga ko‘ra yil seriali deb topildi

    02.12.2021, 09:26

    “Qor malikasi” 55 yoshda: Filmdagi Gerda, Kay va qaroqchi qizning taqdiri qanday kechdi?

    01.12.2021, 21:38

    Bir filmda rol ijro etgan Gollivudning qarindosh aktyor va aktrisalari (foto)

    01.12.2021, 12:31

    Sevimli filmlarni tasvirga olish jarayonidan qiziqarli suratlar

    30.11.2021, 20:43

    Bollivud yulduzi — Amir Xon suratga tushishi kutilayotgan hind filmlari (foto)

    29.11.2021, 17:38

    Turk seriallaridagi tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan juftliklar (foto)

    29.11.2021, 14:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 2022-yildan beri ilk bor Makron bilan telefonda muloqot qildi

    Dunyo | 2 iyul, 08:37

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.