• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda quriladigan 22 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari aholisi uchun 15 gektardan qishloq xo‘jaligi yerlari ajratish haqida ko‘rsatma berdi

    Hududlarda 1 milliondan ortiq aholi uchun “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish loyihasi “mamlakat farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi eng muhim islohotlardan biridir”. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr kuni yangi massivlar qurilishiga doir taqdimot bilan tanishi vaqtida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

    Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi yangi massiv (Bog‘dod tajribasi).

    Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi yangi massiv (Bog‘dod tajribasi).
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    “Dastur asosida 2022-yilda 22 ta massivda 34 ta maktab quriladi, 43 ta bog‘cha, 21 ta tibbiyot muassasi qurilishi kerak. Bu ham hamma sharoitlarni yaratish uchun loyihaga kirgan. Eng katta maqsadim — massivlarda kichik sanoat zonalari, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish orqali kamida 50 ming ish o‘rni yaratishimiz zarur”, — degan prezident. Ayni vaqtda, Shavkat Mirziyoyev ilk namunaviy massiv Farg‘onaning Bog‘dod tumanida, “imkoni yo‘q joyda” amalga oshirilganini qayd etib o‘tgan.

    Namangan viloyati Chust tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi loyihasi.

    Namangan viloyati Chust tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi loyihasi.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Farg‘ona viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlaridan birining loyihasi.

    Farg‘ona viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlaridan birining loyihasi.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Qurilish vaziri Botir Zokirov Namangan viloyati Pop tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi haqida prezident Shavkat Mirziyoyevga ma’lumot bermoqda.

    Qurilish vaziri Botir Zokirov Namangan viloyati Pop tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi haqida prezident Shavkat Mirziyoyevga ma’lumot bermoqda.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Prezident ushbu massivlarda kamida 1000 ta xonadon bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan. “O‘zbekiston 24” reportajida Namanganning Chust tumani “Gulzor” mahallasida bunyod etilishi rejalashtirilayotgan massivda uch yilda jami 1180 ta xonadon (2021-yilda 500 ta xonadonli 22 ta, 2022-yilda 300 ta xonadonli 15 ta, 2023-yilda 380 ta xonadonli yana 15 ta ko‘p qavatli uy) foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganini ko‘rish mumkin.

    Davlat rahbari yangi massivlar aholisi uchun ular yaqinidan 15 gektardan qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish zarurligini aytgan. Shavkat Mirziyoyev ushbu massivlarni qurishda har bir bino va inshootga energiya tejamkor uskunalarni joylashtirish, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda mahalliy xomashyolardan keng foydalanish, shu orqali narxlarni arzonlashtirish, aholi uchun zarur barcha qulayliklarni yaratish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar bergan.

    Qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari Davronjon Odilov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida, jumladan, shunday dedi: “Prezident bu loyihalarda asosan e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan nuqtalar qilib, massivlarni tanlashda viloyatlarning eng uzoq, bugungi kunda uy-joyga ehtiyoji baland, e’tibordan chetda qolgan, infratuzilma obyektlari yetib bormagan, kommunikatsiya tarmoqlari bilan to‘la ta’minlanmagan hududlarini tanlab, o‘sha hududlarni obodlantirishga, infratuzilma, taraqqiyot olib kirishga qaratdi”.

    Davronjon Odilov, qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari.

    Davronjon Odilov, qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Prezident matbuot xizmatining 30-noyabrdagi axborotida “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish dasturiga bag‘ishlangan noyabr oyi boshidagi videoselektordan so‘ng “yangi massivlar uchun shahar yoki tuman markaziga yaqin, infratuzilmaga ega joylar tanlanib, dastlabki loyihalar shakllantirilgani”, ta’kidlanadi; “O‘zbekiston 24” telekanalining 30-noyabrdagi reportajida massivlarni shahar va tuman markazlariga yaqin, infratuzilmaga ega joylarda qurish ko‘rsatmasi prezident tomonidan berilgani aytilgan.

    Qurilish vaziri birinchi o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, prezident taqdimot chog‘ida energiya tejamkorlikka alohida qaratishga, “eng kamida umumfoydalanish maydonlaridagi energiya sarfini muqobil energiyadan olish bo‘yicha” topshiriq bergan. Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, buning uchun mavjud norma va standartlarga ham tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Shuningdek, massivlarning landshaft arxitekturasi “Yashil makon” g‘oyasidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqiladi.

    01.12.2021, 17:06   Izoh (0)   29285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    01.12.2021, 16:52

    Moliya vazirligi UzAuto Motors to‘laydigan soliqlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

    01.12.2021, 16:37

    O‘zbekiston birjasida xorij valyutalari oldi-sotdisi uchun undiriladigan komissiya qariyb ikki baravarga kamaytiriladi

    01.12.2021, 15:50

    O‘zbekistondagi mahallalar kriminogen vaziyat bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

    01.12.2021, 15:05

    O‘zbekistonda koronavirusning “omikron” shtammi sabab Yangi yilni oila davrasida kutib olish tavsiya etildi

    01.12.2021, 14:43

    O‘zbekistonga ayrim davlatlardan keluvchilar 10 kunlik majburiy karantinga olinadi

    01.12.2021, 14:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.