Markaziy bank 2-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,49 so‘mga pastlab, 10 766,49 so‘mni tashkil qildi. Yevro 55,10 so‘mga pastlab, 12 194,13 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 10 778,98 so‘mni tashkil qilgandi.
Tijorat banklarida esa 30-noyabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 840 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.
Izoh (0)