• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasul Kusherbayev dam olish kunlari dollarni “qora bozor”da almashtirishga majbur bo‘lganini yozib, Markaziy bankni tanqid qildi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev 27-noyabr kuni Facebook’da jonli efirga chiqib, o‘zi istiqomat qiladigan Yangiyo‘l shahrida bir soat davomida valyuta ayirboshlash shoxobchasini qidirganini, biroq ularning barchasi yopiq ekanini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: Telegram / Rasul Kusherbayev

    Foto: Telegram / Rasul Kusherbayev

    “Odamlarning shanba kunlari ko‘proq bo‘sh vaqti bo‘ladi va narsa xarid qilishga chiqishi mumkin. Turistlarni ham vaqti bo‘lsa shu kunlari aylanadi. Lekin bizning banklarimizning valyutani ayirboshlash shoxobchalari shanba, yakshanba kunlari ishlamas ekan. Markaziy bankimizning shu muammoni hal qilib bermay shu paytgacha yurganiga qoyil qolsangiz bo‘ladi”, — deydi u.

    U 100 dollarlik kupyuradan faqat 50 dollarini almashtirishi kerak bo‘lgan. Naqd dollarni almashtiruvchi yagona bankomat esa qaytim bermaydi. Banklar deputatga dam olish kunlari ularda tizim o‘chishini ma’lum qilgan.

    “Men o‘zim xohlamagan holda ‘qora bozor’ni qidirib, 50 dollarni qaytim bilan olishim uchun jinoyatga yo‘l qo‘yib, noqonuniy valyuta ayirboshlashim kerak… Hozir menga guvoh bo‘lib turasizlar deb, bankning vakillarini chaqirdim”, — deydi deputat.

    “Markaziy bank mana shu sharoitni qilib bermagani uchun fuqarolar javobgar bo‘lib ketadigan ahvolda turibdi. Ya’ni Markaziy bank yaratib qo‘ygan tizimi oqibatida ‘qora bozor’ yo‘qolmayapti… Shuncha paytdan beri javobgar bo‘lib ketgan fuqarolar bo‘lsa, hammasining nomidan Markaziy bankka kattadan-katta rahmat, shular sababchi bo‘lgan”, — deya ta’kidlagan Rasul Kusherbayev.

    “Agar chet ellik turist kelsa, shanba—yakshanba kuni rasvosi chiqar ekan. Men O‘zbekistonda yurib, 1 soatdan beri shu ahvolda yuribman. Bu sharmandalik-ku… Ishongim kelmaydi. Nahotki, shanba—yakshanba kuni kassalarni, ayirboshlash shoxobchalarini ishlatib qo‘yish qiyin?”, — deya savol bilan yuzlandi u.

    Rasul Kusherbayev keyinroq, guvohlar ishtirokida “qora bozor”dan 100 AQSh dollarining 50 dollarini so‘mga almashtirib olganini ma’lum qilgan.

    “Holatdan xulosa shuki, har qanday vaziyatda ham fuqarolar huquqbuzarlik qilmasliklari uchun ularni shuni qilishga majbur qiluvchi barcha sabablar bartaraf etilishi shart. Bo‘lmasa adolat nuqtayi nazaridan javobgar sharoit yaratmagan tomonning bo‘ynida bo‘ladi”, — deb yozadi deputat.

    U, shuningdek, agar uni valyutani noqonuniy ayirboshlagani uchun javobgarlikka tortishsa, sud zalida Markaziy bank ham u bilan birga javob berishini aytgan.

    “Eplamasa nima qilib yuribdi shu kungacha? O‘zlari ham yurib ko‘rsa bo‘lardi, dam olish kunlari odamlar qanday hayot kechiryapti, nima bo‘lyapti, chet eldan qancha odam keladi — hammasi qiynalib yuribdi”, — dedi Rasul Kusherbayev.

    “Yechim — bozor”

    Iqtisodchi Otabek Bakirov o‘zining Telegram kanalida yuqoridagi vaziyatga izoh berar ekan, muammoning yechimi borligini, u butun dunyoda ishlashini, biroq “o‘ta ijtimoiylashgan maqsadlari bor” O‘zbekistonda ishlamasligini ta’kidlagan.

    “Kusherbayev yuz foiz haq, iste’molchi mijoz sifatida ham, saylovchilaridan mandat olgan deputat sifatida ham. Qani endi har bir deputat shunday bo‘lsa”, — deydi u. Shundan so‘ng, u nega tijorat banklari shanba—yakshanba kunlari, kechki va tungi vaqtlarda ayirboshlash shoxobchalarini ishlatmasligi sabablariga to‘xtalgan.

    Birinchidan, dam olish, bayram kunlari, kechki va tungi vaqtlarda xodimlarni kamida 2 karra haq to‘lab jalb qilish kerak bo‘ladi. Bu kassirlarga ham, nazoratchi, qo‘riqchi va inkassatsiyaga ham taaluqli. Ya’ni shoxobchalarning dam olish, bayram kunlari va tungi vaqtlarda ishlashi mehnat sarfi o‘rtacha 2 barobar yuqori.

    Ikkinchidan, dam olish, bayram kunlari va tungi vaqtlarda ayirboshlash operatsiyalari hajmi boshqa vaqtdagiga nisbatan karrasiga kam. Bu tajriba, amaliyot va kuzatuvlar tarzida aniqlangan holat, deya qayd etadi Otabek Bakirov.

    Ta’kidlashicha, valyuta operatsiyalariga eng asosiy talab hosil qiluvchilari — mokkilar, o‘rta va mayda tadbirkorlar, yosh, texnologik mijozlar operatsiyalarini yo ish kunlari o‘tkazishadi yoki dam olish kunlari esa ular onlayn tarzda operatsiya o‘tkazishni ma’qul ko‘rishadi. Chunki ular uchun shu qulay va afzal.

    “Ko‘ryapsizki, dam olish, bayram kunlari, kechki va tungi vaqtlarda ayirboshlash shoxobchalarining xarajatlari karrasiga ko‘p, daromadlari esa karrasiga kam, moliyaviy natija esa doim manfiy. Ya’ni ularning bu vaqtda ishlamasligi asl sababi sof tijoriy nuqtalarga borib taqaladi”, — deya yozdi u.

    Iqtisodchi yechim bor yoki yo‘qligini so‘rab, keyin o‘zi shu savolga javob berdi: “Yechim bor. Bu yechim butun dunyoda amalda. Faqat biz o‘ta ijtimoiylashgan maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganimiz uchun bu yo‘ldan yurishga doim hadiksiraymiz. Yechim — bozor”.

    “Odatda butun erkin dunyoda va ayniqsa turistik mamlakatlarda ayirboshlash shoxobchalari dam olish kunlari va tungi vaqtlarda valyutani juda arzon sotib oladi va juda qimmat sotadi. Shu bilan o‘zining marjinalligini ta’minlaydi. Shartli aytsak, ish kuni dollarni 10 750 so‘mdan sotib olayotgan bank shoxobchasi dam olish kunlari dollarni 10 650 so‘mdan sotib oladi. Xuddi shunday, ish kuni dollarni 10 800 so‘mdan sotayotgan bank shoxobchasi dam olish kunlari dollarni 10 900 so‘mdan sotadi. Shu bilan hajm kamligidan yutqazadiganini kurs farqi orqali qoplaydi”, — deya tushuntirdi u.

    “Dunyoning istalgan mamlakatida tunda aeroportdan tushganingizda eng noqulay kurslarga ro‘para bo‘lasiz, mehmonxonalarda ham shunday. Nega bizda bunday qilinmaydi? Sababi oddiy — ijtimoiy omillar sabab banklar minimal marjinallikni, qisqa koridorni ushlash yo‘lidan yurishadi. Tabiiyki o‘zlarining qadamlariga o‘zlari qurbon bo‘lishadi. Siz dam olish kunlari valyutangizni, masalan 100 so‘m arzonroqqa sotib, valyutani 100 so‘m qimmatroqqa sotib olishga tayyormisiz?”, — deb yozadi Otabek Bakirov.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil avgust oyida ko‘p yillardan beri birinchi marta chet el valyutasini naqd ko‘rinishda sotib olishga ruxsat berildi. Bunga qadar odamlar dollarni faqat xalqaro bank plastik kartalari orqali (Visa, MasterCard va boshqalar) sotib olishlari mumkin edi.

    Mavzuga doir: Uzcard bankomatlarida xorij valyutasini ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi

    29.11.2021, 09:48   Izoh (0)   23261
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Toshkentda yo‘lkira narxi Nyu-Yorkka qaraganda ikki barobar qimmatroq” — iqtisodchi Botir Qobilov

    29.11.2021, 08:42

    Qashqadaryoda sport maktabi direktori 1,5 mln so‘m pora olgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    29.11.2021, 08:10

    Chilonzor-Oqtepadagi eski ikki qavatli “dom”lar buzilib, o‘rniga ko‘p qavatli uylar quriladi

    28.11.2021, 22:39

    Chiroqchida IIB xodimlari talabiga bo‘ysunmay, ular ustiga haydab, qochib ketgan haydovchi topildi

    28.11.2021, 21:42

    Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan Namanganga uchgan samolyoti noqulay ob-havo sabab ortga qaytdi

    28.11.2021, 21:26

    O‘zbekiston — futzal bo‘yicha jahon chempioni. Karlar o‘rtasida. Ular va boshqa zaif eshituvchi sportchilar tashlandiq majmualardan yaxshirog‘iga munosib

    28.11.2021, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.