Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 5-maktabda 13-noyabr kuni direktor o‘rinbosari va kadrlar menejmenti bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Bu haqda “Zamon” informatsion ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Xabar qilinishicha, shu kuni maktab direktorining ma’naviyat va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari F.Y. kadrlar bo‘yicha menejer J.B. bilan tortishib qolgan. Janjalning asosiy sababi J.B.ning ushlab qolingan oyliklari noqonuniy deb topilgani uchun pullarni qaytarib berish haqidagi talabi bo‘lgan.

“Oylik maoshimni so‘radim, kesilgandi. U esa haqorat qilib, so‘kinib ketdi. Oldini to‘sib, nega haqorat qilayotganini so‘rasam, ayol kishisan, oldimda turma deb, kurakda turmaydigan gaplar gapirdi. Shunda yelkasidan ushlab, itardim, nima deyapsiz, deb. Shu joyda musht kelib qoldi. 5 kun shifoxonada davolanib, muolaja oldim. 5-kuni mazam bo‘lmadi, 2 yarim oylik homilam tushibdi”, — degan ayol.

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i esa bo‘lib o‘tgan holatni quyidagicha izohlagan:

“Yurib ketayotsam oldimni to‘sdi. 3-4 soatlik darsimning pullari qani, dedi. Men aytdim: ‘men o‘zim kesmayman, direktor kesgan. Buxgalterdan so‘ranglar’. Shunda u pullarimni sen ishlatib yuborgansan, deya haqorat qilib ketdi. Yelkamdan ushlab, ko‘kragimdan itardi. Bir payt tizzasi bilan tepmoqchi bo‘lyapti. Keyin jag‘imga urdi. Shunda qo‘lim ketib qoldi. Urganim yo‘q, faqat ko‘krak qismiga qo‘lim tegib ketibdi. Keyin ajratib olishdi”.

Qayd etilishicha, J.B. o‘zi mas’ul bo‘lgan darslarni o‘tmay, maktabdagi boshqa laborant xodim va farroshlardan darsini o‘tib turishini, evaziga pul berishini aytgan, ammo pullarni bermagan. Bundan tashqari, xodimlarning 6 oylik maoshlarini bermay, ruxsatsiz millionlab oyliklardan ushlab qolgan va o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi