Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining final bahsida “Al-Hilol” va “Pohang Stilers” jamoalari 23-noyabr, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: “Al-Hilol”

Foto: “Al-Hilol”

Ar-Riyodda o‘tgan o‘yin mezbonlarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 20-soniyasida Nosir Al-Dosari hisobni ochdi. 63-daqiqada Musa Marega hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Saudiya Arabistoni klubi o‘z tarixida to‘rtinchi marta Osiyo Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Al-Hilol” yarim finalda “An-Nassr”dan ustun kelgan bo‘lsa, “Pohang” “Ulsan Hyunday” to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgandi.

OChL

Final bahsi

23-noyabr, dushanba

“Al-Hilol” — “Pohang Stilers” 2:0

Gollar: 1:0 — 1 Al-Dovsari, 2:0 — 63 Marega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi