• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon va Jizzax neft bazalari sobiq rahbarlariga oid jinoyat ishi sudga oshirildi

    “Andijon neft bazasi” va “Jizzax neft bazasi” sobiq rahbar va mas’ul xodimlari faoliyati davomida kamomad, xodimlarga asossiz to‘lovlar hamda debitorlik qarzlarini vujudga keltirgani uchun qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

    Foto: “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati

    Foto: “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 25-may kuni “Andijon neft bazasi”dagi talon-toroj va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ortidan 10 nafar mas’ul mansabdor lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unda “Andijon neft bazasi”da 24,3 milliard so‘m debitor qarzdorlik yuzaga kelgani va 2021-yil 1-aprel holatiga qarzdorliklar muddati o‘tgan hisoblanishi aytilgandi.

    Bundan tashqari, o‘z vaqtida undirmagani uchun “Andijon neft bazasi” bo‘yicha 2006−2017-yillarga oid 8,6 milliard so‘m debitorlik qarzdorligi “umidsiz qarz”ga aylanib ulgurgan. 2019−2021-yillarda birja savdolari orqali sotib olmasdan, noqonuniy tarzda iste’molchilarga yuklab jo‘natgan neft mahsulotlari hozirgi kundagi xarid narxlari bilan solishtirib hisoblanganda jami zarar miqdori 6,2 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etishi aytilgandi.

    Jamiyat va uning filiallari tomonidan 408 ta holatda 129,7 million so‘mlik ish haqi, moddiy yordam va mukofot pullari ortiqcha hisoblanib to‘langan, kompensatsiya to‘lovlari noo‘rin hisoblangan. Mehnat shartnomasi bekor qilingan 6 nafar sobiq xodim nomiga 29,997 million so‘m ish haqi yozilgan.

    Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, “Andijon neft bazasi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 3-noyabr kuni ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Andijon viloyati sudiga yuborilgan.

    24-mart kuni amalda belgilangan me’yoriy hujjatlarga muntazam amal qilmaslik oqibatida “Jizzax neft bazasi” MChJda 35,4 milliard so‘m debitor qarzdorlik yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu bilan birga, o‘shanda jamiyat tomonidan 788 nafar xodimga 806,9 million so‘mlik kompensatsiya to‘lovlari noo‘rin hisoblangani ma’lum bo‘lgandi.

    Bundan tashqari, jamoa shartnomasiga zid tarzda intizomiy jazo qo‘llangan 23 nafar xodimga 7,9 million so‘m mukofot puli to‘lab berilgan. Mehnat shartnomasi bekor qilingan 26 nafar sobiq xodimlar nomiga 33,8 million so‘m ish haqi yozilgan. Shu munosabat bilan “Jizzax neft bazasi” mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 27-sentabr kuni ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

    Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida 2021-yilning 11-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun “Jizzax neft bazasi” direktori M.Akbo‘tayev va “Andijon neft bazasi” direktori I.Boltaboyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

    Mavzuga doir: “O‘zbekneftgaz”ga tegishli uskunani 25 ming dollarga sotishga uringan sobiq xodimga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    18.11.2021, 19:09   Izoh (0)   15899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanzila Norboyeva: “Ayoliga zo‘ravonlik qilayotgan shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar yetarli emas”

    18.11.2021, 18:39

    Andijonda otasiga aliment to‘lamagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi

    18.11.2021, 18:08

    Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi

    18.11.2021, 17:22

    Toshkentda tadbirkorni 1 mlrd so‘mga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    18.11.2021, 17:07

    Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    18.11.2021, 16:36

    Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Qashqadaryo hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    18.11.2021, 15:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.