Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xakerlar AQSh Federal qidiruv byurosining (FQB) tashqi elektron pochta tizimini buzib kirdi. Bu haqda spam-xabarlar tarqalishini kuzatuvchi Britaniyaning Spamhaus tashkilotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, buzg‘unchilikdan so‘ng xakerlar “kiberhujum ehtimoli haqida ogohlantiruvchi” kamida 100 000 ta elektron xat jo‘natgan.

FQBning ma’lum qilishicha, byuro hamda AQShning Kiberxavfsizlik va infratuzilmani himoya qilish agentligi (Ichki xavfsizlik vazirligiga bo‘ysunadi) xodimlari @ ic.fbi.gov bilan tugaydigan akkaunt orqali soxta xatlar yuborilishi voqeasidan xabardor.

“Ayni paytdagi vaziyat shunday va biz hozircha qo‘shimcha ma’lumot bera olmaymiz”, — deyilgan FQB xabarida.

BlueVoyant kiberxavfsizlik kompaniyasi bo‘limlaridan birining rahbari Ostin Berglasning Bloomberg agentligiga aytishicha, FQBda bir nechta elektron pochta tizimlari mavjud. Uning so‘zlariga ko‘ra, buzg‘unchilikka uchragan hisobga hamma kira oladi. Undan agentlar va FQB xodimlari  fuqarolar bilan elektron yozishmalar olib borishda foydalanadi.

“Bu xakerlik hujumiga uchragan maxfiy tizim emas. Bu maxfiy bo‘lmagan ma’lumotlarni almashish va uzatish uchun ishlatiladigan tashqi akkauntdir”, — dedi Berglas. Uning o‘zi ilgari FQBning Nyu-Yorkdagi bo‘limiga mas’ul maxsus agent yordamchisi bo‘lgan.

Spamhaus ma’lumotlariga ko‘ra, sarlavhasida “Tezkor: tizimda bosqinchi” deb yozilgan xatlarning yuborilishi yarim tunda boshlangan. Elektron xatlar AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi nomidan yuborilgan, ularda qabul qiluvchilar  kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Vinni Troya bosqinchi ekani haqida ogohlantirilgan. 2020-yilda Troya The Dark Overlord xakerlar guruhi ustidan tekshiruv o‘tkazib, guruhdagi xakerlarning shaxsini oshkor qilgan edi.

Spamhaus’ning ta’kidlashicha, elektron pochta xabarlariga hech qanday zararli dastur biriktirilmagan bo‘lsa-da, jo‘natuvchilar qabul qiluvchilarga barcha ichki tizimlarni tekshirishni qat’iy tavsiya qilgan. Spamhaus’ning fikricha, hujumchilar Troyaning nomiga tuhmat qilishga yoki FQB telefon liniyalarini bezota odamlarning qo‘ng‘iroqlari bilan to‘ldirib tashlashga uringan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi