Hafta davomida olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Germaniyaning Rostok shahridagi hayvonot bog‘ida yashayotgan tyulen.

Foto: Getty Images

Hindistonning Gauhati shahrida sotuvchi mototsiklda sotiladigan matras va yostiqlarni olib ketmoqda.

Foto: AP Photo

Toshkent va Namanganni bog‘lovchi dovondagi metan quyish shoxobchasi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Palma orolidagi Kambre-Vyexa vulqonining otilishi.

Foto: Getty Images

Toshkent viloyati G'ishtko‘prik chegarasi yo‘lida joylashgan mebellarni qayta ishlash joyida uyib qo‘yilgan eski mebellar.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Jakartada COVID-19 cheklovlari yumshatilgandan keyin muzeylar qayta ochildi. Suratda: 3D suratlar muzeyiga tashrif buyurgan odamlar.

Foto: AFP

AQShda Faxriylar kuni sharafiga har yili o‘tkaziladigan parad.

Foto: EPA

Hindu dindorlari Dakkadagi ibodat paytida.

Foto: “TASS”

Bolsheviklar inqilobining 104-yilligiga bag‘ishlangan Qizil maydondagi Lenin maqbarasida o‘tkazilgan marosimda Sovet Ittifoqi asoschisi Vladimir Lenin va diktator Iosif Stalin portretlarini ko‘tarib yurgan kommunistik partiya tarafdorlari.

Foto: AFP

Rizvan Sururi, Kuda Pustaka (“Kutubxonali ot”) asoschisi Indoneziyaning Pesanggrakhan qishlog‘ida eski kitoblarini yangilariga almashtirishni kutayotgan bolalar yonida oti bilan turibdi. 2014-yildan buyon 7000 kitob jamlangan, bundan tashqari, Sururi o‘z uyida aholi, bolalar va talabalar tashrif buyurishi va kitob olishi uchun kutubxona ochgan.

Foto: Getty Images

Korail xarobasidagi bangladeshlik bola shar o‘ynamoqda.

Foto: “TASS”

Chennayda tinimsiz yog'gan kuchli yomg‘ir paytida odamlar velosipedlari bilan suv bosgan yo‘ldan o‘tmoqda. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo xaritaga ko‘ra, Mumbay, Kochi, Visakxapatnam va Chennay kabi yirik qirg‘oq shaharlari asr oxiriga kelib suv ostida qolishi mumkin.

Foto: EPA

Qadimgi Bobil shahrida joylashgan Iroqning hokimiyatdan ag‘darilgan yetakchisi Saddam Husayn saroyining ichki ko‘rinishi.

Foto: Getty Images

Prezident Jo Bayden va birinchi xonim Jill Bayden Marine One vertolyotida Vashingtondan Delaverga jo‘nab ketishayotganda Oq uyning aksi maxfiy xizmat agentining ko‘zoynaklarida aks etib turibdi.

Foto: Reuters

Hindistonning Chennay shahridagi suv bosgan ko‘chada kuchukcha suvdan chiqishga harakat qilmoqda.

Foto: Getty Images

Angliyaning Lyues shahrida har yili o‘tkaziladigan Lyues gulxan kechasidagi paradda qatnashayotgan odamlar.

Foto: Getty Images

Extinction Rebellion namoyishchilari Melburnda uyushtirilgan dafn marosimini o‘tkazishda yonib ketgan koalaning katta qo‘g‘irchog‘idan foydalandi.

Foto: Getty Images

Mamlakat shimolida hukumatning so‘nggi tayanchi bo‘lmish Marib janubiy frontida husiy isyonchilar bilan jang qilayotgan Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi jangchi.

Foto: Getty Images

Kanar orollaridagi La Palma orolida otilgan vulqon lavasining dengizga yetib borishini o‘rganayotgan olimlar.

Foto: AP Photo

Addis-Abebadagi Tigray xalq ozodlik fronti va Oromo ozodlik armiyasiga qarshi hukumat hamda Efiopiya milliy mudofaa kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda chiqish qilayotgan chavandoz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotiga ko‘ra, bir yil davom etgan qonli fuqarolar urushida har ikki tomon harbiy jinoyatlar sodir etgan.

Foto: EPA

Isroildan Afrikaga ko‘chib o'tayotgan saqoqqushlar.

Foto: “TASS”

Germaniyaning Boltiq dengizidagi sohilida quyosh botishi.

Foto: Getty Images

Hindistondagi Yamuna daryosini qoplagan zaharli ko‘pik.

Foto: Getty Images

Kran Germaniyada iyul oyidagi suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan mashinani ko‘tarmoqda.

Foto: Reuters

Burqa kiygan afg‘on ayollari G‘azni shahridagi ko‘chada ketmoqda.

Foto: AFP

Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan falastinlik Muhammad Dadisning dafn marosimida qatnashgan jangarilar.

Foto: Reuters