8-noyabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Yunusobod tumani Xushnavo ko‘chasida yurib ketayotgan keksa ayol.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Gonkongdagi avtoturargohda old oyna tozalagichni tishlab olgan makaka.

Foto: EPA

Chang-g‘ubori asta-sekin bosilayotgan havoda ko‘rinish bera boshlagan Toshkent teleminorasi.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Afrikaga uchib ketayotgan pelikanlar.

Foto: “TASS”

Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi ko‘p qavatli binolardan birining balkonidan ko‘chani tomosha qilib turgan onaxon.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Xitoyning shimolida qor yog‘di. Suratda: Qor bilan qoplangan Buyuk xitoy devori.

Foto: Getty Images

Turindagi Italiya Gran-prisida rossiyalik Yuliya Artemyeva va Mixail Nazarychev ko‘rgazmali dastur bilan chiqish qilishdi.

Foto: EPA

Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi yonida to‘planib turgan fuqarolar.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Shri-Lankada katolik rohibalari va ruhoniylari ruhoniy Kiril Gamini Fernando ustidan o‘tkazilgan sud jarayoniga norozilik bildirib miting uyushtirdi.

Foto: EPA

Xitoy poytaxti Pekinda birinchi qor yog‘di.

Foto: “TASS”

Afg‘on sarroflari Kobul shahridagi bozorda valyuta ayirboshlamoqda. “Tolibon” mahalliy valyutani mustahkamlashga qaratilgan chora sifatida ichki operatsiyalarda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqlaganini e‘lon qildi. Shundan so‘ng afg‘oniy 20 yil ichidagi eng past qiymatga tushib ketdi.

Foto: EPA

Avstriya hukumati emlanmaganlarga cheklovlar qo‘yishni boshladi.

Foto: Getty Images

Hindistonlik tuya savdogarlari Pushkarda har yili o‘tkaziladigan chorvachilik yarmarkasiga tashrif buyurdi.

Foto: Getty Images

Bonhamning “Pop X Culture” auksion lotlari Londonda namoyish etildi.

Foto: EPA

Indoneziyaning Jakarta shahrida kuchli yomg‘irdan keyin toshqin sodir bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Los-Anjelesda 36-marafon bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Nepalning Katmandu shahrida dushanba kuni namoyishchi jahon yetakchilarini iqlim o‘zgarishiga qarshi zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.

Foto: EPA

Braziliyalik qo‘shiqchi Marilia Mendonka Piedad-de-Karatinga shahrida (Braziliya, Minas-Jerais shtati) halokatga uchradi. Suratda: Halokatga uchragan samolyot qoldiqlari.

Foto: Reuters

Dehqon Amritsardagi dalada sholi hosilini yig‘ib olib, qolgan somonni yoqib yubormoqda.

Foto: Getty Images

Tibbiyot xodimi Kobulning eski kvartalida emlash kampaniyasi chog‘ida bolaga poliomiyelitga qarshi vaksina tomchilarini yubormoqda.

Foto: AFP

Polshalik 30 yoshli Izabela homiladorligining 22-haftasida shifokorlar abortga qarshi qonunga ko‘ra o‘layotgan homilani abort qilmagani uchun vafot etganidan so‘ng norozilik namoyishi avj oldi.

Foto: Shutterstock

Nikaraguada prezidentlik saylovi natijalariga qarshi norozilik namoyishi.

Foto: EPA