4-noyabr kuni dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Elf Xemli Londondagi Regent ko‘chasida Rojdestvo do‘konlarining an’anaviy ochilish marosimida chiqish qildi.
Foto: AP Photo
Tashkent City hududida tashkil etiladigan ko‘rgazma doirasida 4-noyabr kuni bog‘ga Airbus H-125 vertolyoti kelib qo‘ndi. Suratda ushbu vertolyot fonidagi qurilish ishlarini ko‘rish mumkin.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Toshkent shahri Chilonzor tumani “Ilon ota” masjidi yaqinidagi somsaxona.
Foto: Twitter / @davletovuz
O‘zbekiston Senatining Islom Karimov shohko‘chasidagi (Tashqi ishlar vazirligining sobiq binosi o‘rnida) yangi binosi deyarli tayyor. Yo‘lning ushbu qismida so‘nggi tayyorgarlik ishlari ketayotgani sabab 2 tomonlama avtomobillar harakati soat 17:10 da yana cheklab turilgan payt.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Mavzuga doir: Toshkentda Senatning yangi binosi joylashgan ko‘chadan o‘tuvchi 10 ta avtobus vaqtincha o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi
O‘zbekiston Senatining Islom Karimov shohko‘chasidagi (Tashqi ishlar vazirligining sobiq binosi o‘rnida) tayyor holatdagi yangi binosi oldida turgan suv mashinasi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Tehrondagi AQShning sobiq elchixonasi binosi bosib olinganining 42 yilligi munosabati bilan norozilik bildirish uchun to‘plangan ayollar.
Foto: Getty Images
O‘zbekiston Senatining Islom Karimov shohko‘chasidagi (Tashqi ishlar vazirligining sobiq binosi o‘rnida) yangi binosi oldida yangidan chizilgan piyodalar o‘tish yo‘lagi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Hindistonning Ayodxa shahri qirg‘oqlarida Divali festivali arafasida sopol chiroqlarni yoqayotgan odamlar.
Foto: AFP
O‘zbekiston Senatining Islom Karimov shohko‘chasidagi (Tashqi ishlar vazirligining sobiq binosi o‘rnida) yangi binosi oldida turgan YPX xodimi va ish transporti.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Kolumbiya hukumati 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni Xitoyning Sinovac vaksinasi bilan emlashni boshladi.
Foto: Getty Images
Addis Abeba shahrida Tigray mojarosi qurbonlarini xotirlash marosimida sham ushlab turgan kishi.
Foto: AFP
Tashrif buyuruvchi Seulda o‘tayotgan 2021-yilgi Koreya xalqaro belgilar va dizayn ko‘rgazmasidagi displeylarni tomosha qilmoqda.
Foto: EPA
Tokioda Pikachu ko‘rinishidagi namoyishchilar yaponlarni xorijdagi ko‘mir loyihalarini moliyalashtirishni to‘xtatishga va 2030-yilga kelib mamlakat ichida ko‘mirdan voz kechishga chaqirdi.
Foto: The Guardian
Mavzuga doir: “Muzliklarimiz tez erib ketmoqda”. Emomali Rahmon BMT sammitida Tojikistondagi iqlim o‘zgarishi muammolarini sanab o‘tdi
Shimoliy Irlandiya protokoliga qarshi namoyishi chog‘ida politsiya bilan to‘qnashgan ishtirokchilar.
Foto: Getty Images
Kesvik oroli yaqinida daraxtlarning kuzi ranglarini rasmga olayotgan sayyohlar. Buyuk Britaniya Kambriya okrugi.
Foto: PA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Avtobusdagi kelin va kuyov, shahar markaziga o‘rnatilgan rojdestvo archasi, kul bilan qoplangan Mercedes. 3-noyabr suratlari
- Moskvani qoplagan quyuq tuman, arqon tortayotgan davlat rahbarlari, yangilanayotgan Senat binosi. 2-noyabr suratlari
- Kuchukcha Piter Pen, o‘liklar sharafiga parad, dunyo bo‘ylab nishonlangan eng qo‘rqinchli bayram. 1-noyabr suratlari
- Ziyorat uchun yopilgan qabristonlar, harbiy qizidan faxrlangan ona, Papa bilan uchrashgan Bayden. 29-oktabr suratlari
- Yomg‘ir ostidagi Toshkent, bo‘yalgan jo‘jalar, Xellouinga tayyorgarlik. 28-oktabr suratlari
- Nogironlar aravachasida basketbol o‘ynayotgan amaldorlar, harbiy xuntaga qarshi sudanliklar, vulqon yaqinida sayr qilayotgan odam. 27-oktabr suratlari
- Tobutdagi tirik odam, kuz ranglariga burkangan Toshkent, yetim qolgan olmaxon. Hafta suratlari