• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Qarshi shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

    Avval xabar berganimizdek, 2021-yil 11—12-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy sanoat yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

    Prezident administratsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir doirasida “O‘zbekneftgaz” investitsiya loyihalari hamda korxonalari ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan tovar va xizmatlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, aniq shartnomalar imzolanmoqda.

    Shu bilan birga, neft va gaz sanoati hamda ilm-fan sohalari integratsiyasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.

    Mazkur yarmarkaning ochilish marosimini “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

    “Bugungi kunda hurmatli prezidentimiz rahbarligida respublikada mahalliy sanoatni rivojlantirish, kooperatsiyani kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni chuqurlashtirish bo‘yicha keng islohotlar olib borilmoqda. Ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, tarmoqda import mahsulotlarga qaramlikni kamaytirish, mahalliylashtirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda”, — dedi boshqaruv raisi.

    Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev o‘z nutqida tarmoqlararo kooperatsiya hisobiga “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan ilgari importdan xarid qilingan bir qator mahsulotlarni o‘zlashtirish hisobiga yillik import 12 million AQSh dollarigacha qisqartirilganligini e’tirof etdi.

    Ta’kidlash joizki, avvallari importdan keltirilib, korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanilgan aktivlashtirilgan ko‘mir, silikagel, quvurlar, berkitish-boshqarish klapanlari, oksid-alyuminiy, sulfat alyuminiy, turli xil filtrlar, yoqilg‘i moylash materiallari, xromatograflar, blok boks, o‘lchash asboblari va boshqa mahsulot va uskunalar bugungi kunda mahalliy korxonalardan sotib olinmoqda.

    Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJda bir qator xorijiy kompaniyalarda (Gazprom, Lukoyl, Tatneft) muvaffaqqiyatli aprobatsiyadan o‘tgan usul, ya’ni  yangi mahsulotlarni birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xarita”lari asosida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilda (Buxoro NQIZ 3 ta, Sho‘rtan GKM 2 ta, Uzkorgazkemikal 21, Muborak GQIZ 2 ta va boshqalar) 28 ta “yo‘l xarita”lari imzolangan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish natijasida 3,1 million dollarlik import hajmi qisqartiriladi.

    Mehriddin Abdullayev amalga oshirilgan ishlar samarasida bugungi kunda mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib berilgan 30 ga yaqin mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishga tadbiq etilganligiga urg‘u berdi.

    “O‘tgan davrda respublika elektron kooperatsiya portali orqali 404,3 milliard so‘mlik ikki mingdan ortiq shartnoma tuzilib, umumiy xaridlar hajmida mahalliy mahsulotlar ulushi 26 foizgacha yetkazildi. Bundan tashqari, joriy yilda Navoiy, Termiz, Buxoro va Nukus shaharlarida tashkil etilgan sanoat yarmarkalarida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 124 ta memorandumlar imzolangan edi. Ayni paytga kelib, mazkur memorandumlar doirasida qiymati 30,7 milliard so‘mlik 43 ta shartnomalar imzolanishi ta’minlandi. Ishonchim komilki, mazkur yarmarka iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiyani rivojlantirish, korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Barchangizga ko‘rgazmada samarali ish olib borish, muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazishni tilayman”, — dedi o‘z nutqida M. Abdullayev.

    Ko‘rgazmada boshqa sohalar qatori 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy neft va gaz sanoati korxonalari vakillari, shundan 50 ga yaqini alohida stend bilan ishtirok etishmoqda.

    Ma’lumot uchun

    Tatneft, Lukoyl, ELAZ, KMPO, Xromos injiniring (Rossiya), Enter Engineering, Eriell (Singapur), SIBUR (Ozarbayjon), Si En Pi Si (Xitoy), Uzpromarm, Uzbekximmash, Chilon, AMZ, Maxsusenergogaz (O‘zbekiston) kompaniyalari va boshqalar ishtirok etmoqda.

    Mazkur tadbirlar doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlari va tabiiy gazni qazib olish hajmlarini kengaytirish, uni chuqur qayta ishlashni tashkil etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli strategiya asosida aniq vazifalar belgilab olingan.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    12.11.2021, 10:30   Izoh (0)   9668
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    12.11.2021, 10:08

    Bo‘stonliqda 53 tup ko‘p yillik daraxtlarning noqonuniy kesilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    12.11.2021, 09:53

    Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi

    12.11.2021, 09:22

    “Tibbiyot sohasini keng jamoatchilik nazoratisiz o‘zgartirib bo‘lmaydi” — Turdimov samarqandliklardan sohadagi kamchiliklar bo‘yicha murojaat yo‘llashni so‘radi

    12.11.2021, 09:05

    Andijon shahar hokimi muammosini aytgan fuqaroni haqorat qildi. Viloyat hokimligi holatga munosabat bildirdi

    12.11.2021, 07:53

    Shavkat Mirziyoyev Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qildi

    12.11.2021, 07:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.