Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi 90 yoshli mehnat faxriysiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Davlat xizmatlari agentligi viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Farruhbek Jalolovning ma’lum qilishicha, Shahrixon tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan 1931-yil 1-iyul kuni Bo‘ston tumanida tug‘ilgan Shirmonxon Tursunovaning shu paytga qadar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yo‘qligi aniqlanib, 2021-yilning 25-oktabr kuni rasmiylashtirilib berilgan.

“Onam asli Bo‘ston tumanida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin shu yerga kelin bo‘lib tushgan. 1990-yillar atrofida pensiyaga chiqqan. Mustaqillikning dastlabki yillarida jamoa xo‘jaligi rahbarlari xo‘jalik a’zolarining hujjatlarini yangisiga almashtirib berishlarini aytib, olib ketishgan. Lekin onamning fuqarolik pasportini qaytib berishmagan. Natijada hujjatlar yo‘qolib, qayta tiklatish imkoniyati bo‘lmagan.

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Hokimlik va tegishli idoralarga bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lsak-da, natija bo‘lmadi. Aksincha, onamning tug‘ilganligi hech qayerda qayd etilmagani aniqlandi. FHDYo bo‘limi xodimlari yordami bilan onamning tug‘ilganligi oradan shuncha yil o‘tib rasmiylashtirildi. Mana endi hech qanday to‘siqlarsiz fuqarolik pasportini olish imkoniyati ham vujudga keldi”, — deydi onaxonning o‘g‘li Qahramonjon Dadajonov.

Bundan avval Urgutda 98 yoshli urush qatnashchisiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berilgani, Andijonda tug‘ilgan xitoylik investorning Temurbek ismli o‘g‘liga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirilgani hamda Namanganda 21 yashar ayol va uning ikki o‘g‘liga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi
Dunyo
Germaniya AQSHdan 10 mlrd yevroga F-35 qiruvchilarini sotib oladi
Dunyo
Qirg‘iziston va O‘zbekiston pasport nazoratini yengillashtirishga kelishib oldi