Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2021-yilning 9 oyida turistik maqsadlarda jami 1 135 621 nafar chet el fuqarosi kelgan.
Ularning aksariyati — 954 438 nafari qarindoshlarni yo‘qlash uchun kelgan.
Qolgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari esa quyidagicha:
- dam olish — 106 628 nafar;
- xizmat yuzasidan — 40 883 nafar;
- davolanish — 17 981 nafar;
- tijorat — 10 827 nafar;
- o‘qish maqsadida — 4 864 nafar.
Izoh (0)