Kobul chekkasidagi Qur‘on kursiga qatnab, uyiga qaytayotgan afg‘on qizi.Foto: Reuters
6-noyabr, shanba kuni dunyoning o‘nlab shaharlarida yuz minglab odamlar o‘z mamlakatlari rasmiylaridan atrof-muhitni muhofaza qilish choralarini imkon qadar tezroq ko‘rishni talab qilish uchun aksiya va namoyishlarga chiqdi. Yana 200 ga yaqin aksiya kutilmoqda. Shuningdek, BMTning iqlim bo‘yicha xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tayotgan Shotlandiyaning Glazgo shahrida yirik namoyish bo‘lib o‘tmoqda.Foto: Getty Images
Suriyalik muhojirlar 26 yoshli Sara va 24 yoshli Hasan Belarus–Polsha chegarasini kesib o‘tib, o‘rmonda dam olmoqda.Foto: Reuters
Ota-onasi bilan Mexiko shahriga ketayotgan migrant qiz istmasi chiqqani sabab dori ichmoqda.Foto: Reuters
Hindistonning Jharhand shtatidagi shaxtadan bir savat ko‘mir ortib chiqayotgan odam. Hukumat tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Hindistonning eng qashshoq shtatlaridan biri bo‘lgan va mamlakatning eng katta ko‘mir zahiralariga ega Jharhand ham iqlim o‘zgarishiga eng zaif hududlardan biri hisoblanadi.Foto: AP Photo
Kobulda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darsdan so‘ng uyga ketishmoqda.Foto: Reuters
Ispaniyaning Palma orolida otilishi davom etayotgan vulqon kuli bilan qoplangan uy.Foto: AP Photo
Quyosh chiqishidan oldin Ozodlik haykali mash‘alasi ortida ko‘tarilgan oy.Foto: Getty Images
Nepallik ayol Katmandu shahridagi pitomnikda Tixar festivalini nishonlash paytida politsiya itiga gulijavhar barglarini qo‘ymoqda. Tixar festivalining ikkinchi kunida nepalliklar itlarga xavfsizlikni ta‘minlashdagi rolini tan olish uchun hurmat bajo keltiriladi.Foto: AP Photo
Rio-da-Janeyroda o‘tgan hafta koronavirus tufayli bir yil-u yetti oy yopiq bo‘lgandan keyin qayta ochilgan Munitsipal teatrida namoyish oldidan sahna orqasida tayyorlanayotgan raqqosa.Foto: EPA
Jahon oziq-ovqat dasturi tomonidan tashkil etilgan markazda pul olish uchun navbatda turgan kobullik ayollar. Iqtisodiyoti pasaygan afg‘oniston qashshoqlik va ocharchilikka duch kelmoqda.Foto: AP Photo
Toshkent Shimoliy vokzalidan Andijonga poyezdda ketayotgan ayol o‘z kupesida.Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Extinction Rebellion faollari BMTning iqlim o‘zgarishi konferensiyasi vaqtida politsiya xodimlari oldida norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.Foto: Reuters
Toshkentdagi Shimoliy vokzalda poyezdga yo‘lovchilarni chiqishini kutayotgan xodim.Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Kongoning janubi-g‘arbidagi shu nom bilan atalmish daryosining tubida mollyuskalar ovlash uchun maxsus asbob-uskunasiz bir necha metrga sho‘ng‘ib chiqqan baliqchi.Foto: AFP
Senegal qirg‘oq bo‘yida to‘lqinlar va eroziyadan vayron bo‘lgan uylar yonidan o‘tib ketayotgan bolakay.Foto: AP Photo
Belgiyaning Genk shahridagi Bokrijk bog‘idagi hovuzdan o‘tuvchi Cycling Through Water nomli yo‘l bo‘ylab yurgan odamlar.Foto: Getty Images
Yakkasaroy tumanidagi chiroqlar bilan bezatilgan ko‘chada sayr qilib yurgan odamlar.Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva
Marokash Xavfsizlik kuchlari hukumatning COVID-19 vaksinasi bilan majburiy emlashga qarshi norozilik namoyishini tarqatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.Foto: AP Photo
Izoh (0)