Toshkentning Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi 5 kunga cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘chada yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 6-noyabr kuni soat 07:00 dan 10-noyabr kuni soat 20:00 ga qadar transport vositalarining harakatlanishi cheklanadi.
Hokimlik yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.
Izoh (0)