Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

DXXning Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatga chek qo‘yildi.

Toshkentda dastlabki 24 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan shaxs.

Toshkentda dastlabki 24 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan shaxs.
Foto: “O‘zbekiston 24” videosidan kadr

Xususan, xorijdan avtomashinalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanuvchi, Toshkentda yashovchi 40 yoshli shaxs Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan kelishib, o‘zganing ishonchiga kirgan va mazkur xo‘jalikning 16,5 gektar sug‘oriladigan yerini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 600 ming dollar talab qilgan. Bu ishga ular 34 yoshli shaxsni ham jalb qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkentda yashovchi 58 va 46 yoshli ikki fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirib, unga “kovrak” o‘simligi yetishtirishi uchun Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani o‘rmon xo‘jaligi hududidan 1000 gektar yer ajratilishida yordam berishlarini aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan.

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida ular ushbu noqonuniy ishni o‘zini go‘yoki O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi inspektori deb tanishtirgan, 1988-yil Qarshida tug‘ilgan, hozirda Toshkentda istiqomat qilib, aslida xonandalik bilan shug‘ullanuvchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan 80 ming dollar evaziga hal qilishga o‘zaro kelishib olgani ma’lum bo‘lgan va tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkentda dastlabki 24 ming dollarni olgan vaqtida u ham qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?
Mahalliy
Ekologik partiya prezidentlikka nomzod sifatida Abdushukur Hamzayevni va uning dasturini ma’qulladi
Sport
Lionel Messi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin