So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12183.01
    • RUB 126.26
    • EUR 12865.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Sport

    So‘nggi daqiqalarda autsayderni yer tishlatgan “qaldirg‘ochlar”, faoliyatida ilk marta 6 ta gol o‘tkazgan Mourinyo va uyini o‘g‘ri urib ketgan Dibala. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    22.10.2021, 22:57 38328

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 22-oktabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Dzyudo federatsiyasi Diyorbek O‘rozboyevning diskvalifikatsiyasi borasida munosabat bildirdi

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati Rio—2016 Olimpiadasining bronza medali sohibi Diyorbek O‘rozboyevda doping aniqlangani masalasi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

    Munosabatda O‘rozboyevning dzyudo bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Biroq O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Diyorbek 2021-yilning fevral oyidan beri terma jamoa yig‘inlarida ishtirok etmayotgani sabab O‘zbekiston dzyudo milliy terma jamoasi a’zoligidan chiqarilganini ta’kidlagan.

    Avvalroq O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan o‘tkazilgan tahlillardan keyin Diyorbek O‘rozboyev taqiqlangan modda iste’mol qilgani va shu sabab 3 yilga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar qilingandi.

    Superliganing 23-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi

    22-oktabr kuni Superliganing 23-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda “Surxon” o‘z maydonida “Qizilqum”dan ustun keldi. “Bunyodkor” esa Toshkentda so‘nggi daqiqalarda “Turon”ni taslim etdi.

    Turning qolgan o‘yinlari 23—25-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

    Jahon

    Holand bir necha haftaga safdan chiqdi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Borussiya D” hujumchisi Erling Holand jarohati sabab bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Marko Roze ma’lum qildi.

    Norvegiyalik futbolchining mushaklari shikastlangan va yaqin oradagi o‘yinlarda “arilar”ga yordam bera olmaydi.

    Qayd etish kerak, Holand sentabr oyida ham jarohat olib, bir oy muddatga safdan chiqqandi va oktabr o‘rtasida maydonga qaytgandi.

    Chempionlar Ligasida hafta ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Chempionlar Ligasi 3-tur yakunlari bo‘yicha hafta ramziy (fentezi) terma jamoasi e’lon qilindi.

    Terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

    Darvozabon: Ivo Grbich (“Lill”);

    Himoyachilar: Xordi Alba, Xerard Pike (ikkisi “Barselona”), Deyli Blind (“Ayaks”), Sebastyan Koates (“Sporting”);

    Yarim himoyachilar: Noa Okafor (“Zalsburg”), Jorjinyo (“Chelsi”), Riyod Mahrez (“Man Siti”);

    Hujumchilar: Leroy Sane (“Bavariya”), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Vinisius Junior (“Real M”).

    Ramosning noyabr oyida “PSJ”da debyut qilishi kutilmoqda

    Foto: “PSJ”

    Foto: “PSJ”

    “PSJ” himoyachisi Serxio Ramos jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

    Le Parisien’ga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi 22-oktabr kuni individual tarzda mashg‘ulot o‘tkazgan. Ramos kelasi hafta boshida “PSJ”ning umumiy guruhiga qo‘shilishi kutilmoqda.

    Ta’kidlanishicha, Ramos “PSJ”dagi debyutini noyabr oyida o‘tkazadi. Qayd etish kerak, 35 yoshli futbolchi mushaklaridagi jarohati tufayli hamon yangi klubida maydonga tushgani yo‘q.

    Mourinyo jamoasi ilk marta 6 ta gol o‘tkazib yubordi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Joze Mourinyo boshchiligidagi “Roma” Konferensiyalar Ligasi doirasidagi o‘yinda “Budyo Glimpt”ga 1:6 hisobida yutqazdi.

    Shu tariqa Mourinyo ustozlik qilgan jamoa ilk marta o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Bungacha portugaliyalik mutaxassis boshqargan jamoalar 5 tadan ko‘p gol o‘tkazmagandi, shu paytga qadar uning faoliyatidagi eng yirik hisob 2010-yilda qayd etilgandi: uning qo‘l ostidagi “Real” “Barselona”ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

    “Budyo Glimpt”ga qarshi bahs Joze uchun faoliyatidagi 1008-o‘yin bo‘ldi.

    Brunu Fernandesh “Liverpul”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premyer Ligasining 9-turidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

    “Qizillar” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning ta’kidlashicha, portugaliyalik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasidagi “Atalanta”ga qarshi o‘yinda kichik jarohat olgan. Bu uning yakshanba oqshomida “Liverpul”ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishini so‘roq ostida qoldirmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, “Man Yunayted” — “Liverpul” uchrashuvi 24-oktabr kuni soat 20:30 da boshlanadi.

    Dibalaning uyini o‘g‘ri urib ketdi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibalaning uyida o‘g‘rilik yuz berdi.

    La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, o‘g‘rilar seshanba kuni kechqurun 27 yoshli futbolchining Turin yaqinidagi villasiga oyna orqali kirgan.

    Bosqinchilarni hududni kuzatayotgan qo‘riqchi payqab qolgan. Hozircha zarar qiymati noma’lum. Biroq o‘g‘rilar Dibalaga tegishli bo‘lgan soat kolleksiyasini olib chiqib ketgani taxmin qilinmoqda.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda qurilish sabab 500 dan ortiq daraxt ko‘chirilishi mumkin

    Bugun, 00:10

    Apple sensorli matoni patentlash uchun ariza topshirdi. Bu nimani anglatadi?

    Kecha, 23:58

    Toshkentda yo‘lovchi avtobus beton ustunga borib urildi (video)

    Kecha, 23:55

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    Kecha, 23:40

    Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga yetib bordi (foto)

    Kecha, 23:30

    Kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar, Angliyadagi eng mashhur daraxt — 28-sentabr suratlari

    Kecha, 23:16

    Ukraina lageridagi rus harbiy asirlariga qanday taomlar beriladi?

    Kecha, 22:40

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning iqtisodiy jihatlarini muhokama qilish doim qiyin kechgan” — professor Piter Van Den Bosh O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish y...

    Kecha, 22:25

    Instagram: Farzand kutayotgan Yulduz Turdiyeva, Shahzod Sultonovning Feruza Normatovaga syurprizi, ona bo‘lgan Nigina Anorboyeva

    Kecha, 22:15

    Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga oid tergovni yakunladi

    Kecha, 21:55

    Tavsiya etamiz

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar, Angliyadagi eng mashhur daraxt — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    18:00 / 28.09.2023

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Sergelidagi omborxonada kuchli portlash ro‘y berdi: jarohatlanganlar bor (video)

    06:00 / 28.09.2023

    “Vaziyat to‘liq nazoratga olingan” — Toshkent hokimligi Sergelidagi portlash haqida

    09:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash hududini tozalash ishlari boshlandi — fotoreportaj

    10:00 / 28.09.2023

    Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga oid tergovni yakunladi

    21:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    12:00 / 28.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.