• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kashshofa nima? Quralay-chi?

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Kashshofa nima? Quralay-chi?

    Yoshlarimiz, o‘smirlarimiz tili naqadar nochorligi xususida gapirmasa ham bo‘ladi. O‘rta maktabni tugatayotgan yigit-qiz hayvon, dov-daraxt, o‘t-o‘lan, qushlardan nari borsa 15—18 tasining nomini biladi. Vaholanki, mutaxassislar yuzlab hayvonlar nomini, daraxtlar turini, sabzalar atamasini tutilmasdan qalashtirib tashlaydilar. Bizda chorvachilik terminlari, rang atamalari haqida maxsus ilmiy ishlar yaratilgan. Lekin ular tor doira kishilari orasidagina qolib ketgan. Ilmiy tadqiqot, aslida, xalqqa, ko‘pchilikka naf keltirishi joiz.

    Tabiatda mavjudotlar ko‘p, o‘simliklar mo‘l. Lekin hozirgi kunda yo‘q bo‘lib ketgan hayvon, o‘simlik turlari ko‘p. Qirilib ketgan hayvon-u o‘simliklarning nomi xalq tilida, dilida saqlangan bo‘lsa, uni qayta jonlantirish mumkin. Nomki xotiradan o‘chdimi, tamom, mavjud narsa izsiz yo‘qoldi deyavering.

    Alisher Navoiyning “Lisonut-tayr” asari badiiy boylik sifatida yuksak qadrlanadi. Ayni paytda bu asarni qushshunoslar qomusi, hayvonot olami izchil tasvirlangan manba deyish mumkin. Quyidagi baytga diqqatingizni tortmoqchiman:

    Saflar ichra pil ila zurrofa ham,Ruh bila dabbobavu kashshofa ham.

    Gap safga tizilgan shaxmat donalari xususida ketyapti. Xo‘sh, saf tortgan — shoir sanayotgan donalar — hayvon-u qushlarni hozir biz bilamizmi? Fil haqida gap yo‘q. Uni hamma biladi. Zurrofa bilan dabbobani lug‘at ko‘rib jirafa va ayiq ekanligini aytib beramiz. Lekin “ruh” nima, “kashshofa”chi? “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “kashshofa” umuman uchramaydi, “ruh” shaxmat donasi — to‘ra ekanligi aytiladi. “Navoiy asarlari izohli lug‘ati”da “kashshofa” hayvonning nomi ekanligi, “ruh” shaxmat donalaridan biriligi ta’kidlangan. “Kashshofa” qanday hayvon? Ehtimol u hozirgi tilimizda boshqacha nom bilan atalar? Balki, umuman yo‘q bo‘lib ketgandir. Har holda biz uni o‘rganishimiz, aniqlashimiz darkor. Baytda keltirilgan “ruh” nima? Shaxmat taxtasida ruh hamon o‘z o‘rni, mavqeyi, yo‘rig‘iga ega, lekin “ruh” moddiy olamdagi qanday narsaning atalmasi? Mantiqan qaraganda, fil, zurrofa, ayiq, asp qatorida hayvon turishi kerak. Unday desak, ruh deb atalgan hayvon yohud qush qanday bo‘lgan?

    “Yosh kuch” jurnalining 1990-yil 1-sonidan parcha

    “Yosh kuch” jurnalining 1990-yil 1-sonidan parcha

    Alisher Navoiyning “Xazoyinul-maoniy” dostonidagi mana bu bayt ham diqqatga sazovor:

    Kim kuchuk birla xo‘tukka necha qilsang tarbiyat,It bo‘lur, dog‘i eshak, bo‘lmaslar aslo odami.

    Bu baytni hamma biladi, unda ifodalangan didaktik ma’noni sharhlab beradi. Lekin ko‘pchilik kuchuk ulg‘aygach it bo‘lishini, xo‘tuk katta bo‘lgach eshak bo‘lishini o‘ylab o‘tirmaydi. Ayniqsa hozirgi paytda “vovullaydigan”larning jamisi it, toshkentliklar tilida kuchuk. Shunday sakbonlar borki, itlarning turlarini aniq farqlaydilar. Ularning qanchadan qancha nomlarini tutilmasdan aytadilar. Bizda itlar, qushlar, mushuklar ko‘riklari bot-bot o‘tkaziladi. Bunday ko‘riklarda yangi nom, atamalar quloqqa kiradi — til boyligi ortadi. Bunday ko‘riklarni hozircha ko‘proq rus o‘rtoqlar uyushtiradilar; 6–7 yoshli bolakayning qushlar, itlar nomlarini biyron-biyron sanashi kishini maroqlantiradi. O‘zbek bolalari it, kuchuk, tevat, ko‘ppak, laycha singarilarni farqlamaydilar. Dahshatlisi shundaki, shahar bolalari otni eshakdan, qo‘yni echkidan farqlamaydilar, tuyani bilmaydilar. Ular bulbul, qarqinoq, mayna, kaklik, boyo‘g‘li, popishak, chittakni ko‘rmay katta bo‘lyaptilar. Bolalar-u o‘smirlarni qo‘ya turaylik: kap-katta ziyoli odamlar podachi bilan cho‘pon orasidagi farqni bilmaydilar, yilqichi kabi kasb borligini eshitmaganlar.

    Tilimizning boyligiga shubha yo‘q. Lekin boy tilimizda ichki bog‘liqlik, qonuniyatlar bor: bironta so‘z, ibora yo‘qki, u kelib chiqishi, ma’nosi jihatidan boshqa so‘z bilan bog‘lanmagan bo‘lsin. Masalan, odam haqida gap borsa, erkak, ayol, bola deb ajralish bir turkumni tashkil qilishini anglaymiz. Lekin hayvon-u qushlarning nari (erkagi), urg‘ochisi (ayoli) va bolasini farqlab o‘tirmaymiz. Tilimizda “otning (eshakning, itning, cho‘chqaning qo‘yning) bolasi” degan ibora keng qo‘llaniladi, “ona qo‘y, ona kiyik, ona bug‘i” singari birikma ham uchraydi. Aslida nar, urg‘ochi, bola hayvonning mana shu tartibdagi atamasini keltiramiz. Bu yerda xatolik bo‘lishi mumkin. Agar hurmatli jurnalxonlarimiz bu ro‘yxatni davom ettirsalar, xatoyimizni tuzatsalar, ayni choqda shunga qo‘shimcha tarzda o‘z qishloqlari va nohiyalarida o‘sadigan, ekiladigan o‘simliklar, gullar nomlarini tartib bilan yozib yuborsalar, tilimizni boyishiga hissa qo‘shgan bo‘lur edilar.

    Abdug‘afur Rasulov, “Yosh kuch” jurnali 1990-yil 1-son

    22.10.2021, 12:10   Izoh (0)   32165
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senat O‘zbekistonda go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qulladi

    22.10.2021, 11:48

    O‘zbekistonda dam olish kunlari quyoshli, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

    22.10.2021, 11:24

    “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida ilk bor “Barqaror” prognozi bilan “BB-” xalqaro kredit reytingiga ega bo‘ldi

    22.10.2021, 11:20

    Zomin tog‘larida qor yog‘di (foto va video)

    22.10.2021, 10:42

    Sobiq “Bobur” bog‘i “Do‘stlik” nomi bilan qayta foydalanishga topshirildi

    22.10.2021, 10:13

    O‘zbekiston Oliy sudida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

    22.10.2021, 09:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.