Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz

Turk aktrisasi Eda Eje sevgan yigiti bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

21-oktabr kuni “Bravo” kulgi jamoasi vakili Shahlo Zoirova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan Shahloga atab uning hamkasblari, do‘stlari va yaqinlari tomonidan ajoyib syurpriz tayyorlandi.

Shukurullo Isroilov Dubayda hordiq chiqarmoqda.

Foto: Instagram

Xonanda Imron navbatdagi klipida suratga tushish uchun aktrisa izlamoqda. U yosh iste’dod egalariga imkon berish maqsadida qizlar uchun kasting e’lon qildi.

Shahzoda Muhammedovaning qizi Milananing Instagram’dagi folloverlari soni 200 mingdan oshdi.

Foto: Instagram

21-oktabr kuni xonanda Munisa Rizayeva ham tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Munisa Rizayeva tug‘ilgan kunida olgan qimmatbaho sovg‘alarini muxlislariga ko‘rsatdi. Hadyalar orasida osmondagi xonandaning ismi bilan ataladigan yulduz ham bor.

Xonanda tug‘ilgan kunini poytaxtdagi restoranlardan birida nishonladi.

Shahzoda kuzatuvchilarni saylovda faol ishtirok etishga chorladi.

Foto: Instagram

Ozoda Nursaidova va Dilmurod Sultonov ijrosidagi “Jollimisiz?” deb nomlangan duetga ishlangan klip taqdim etildi.

DJ Piligrim Ispaniyaning Barselona shahrida joylashgan “Kamp Nou” stadionidan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Shohruxxonning muxlisasi bilan samimiy muloqoti aks etgan video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga manzur bo‘lmoqda.

Nilufar Usmonova sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram

Ozod Shukrulloyev otasining qo‘lida uxlab qolgan bolani o‘rniga yotqizishni “Kalmar o‘yini”da ishtirok etishga qiyosladi.

“Bravo” kulgi jamoasining yangi konsert dasturida deputat Rasul Kusherbayev sahnaga chiqdi.

Foto: Instagram