• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Mashhurlik va yuqori daromadga qanday erishish mumkin? 41 yoshni qarshilagan Kim Kardashyandan 9 tavsiya

    Kim Kardashyan teleyulduz, model va farzand tarbiyasi bilan birga biznesdagi muvaffaqiyatni umumlashtira olgan ayol sifatida yaxshi ma’lum. 1980-yil tavallud topgan Kardashyan xonim 21-oktabr kuni 41 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan uning mashhurlikka erishish borasidagi qoidalari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Birinchi qoida: o‘rnak olish

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ushbu tavsiya ko‘plab biznes-treninglarda beriladi. Tan olish kerak o‘z yo‘lini topishdan ko‘ra kimgadir ergashish osonroq. Ammo oshirib yubormaslik, masalan, Merilin Monro singari shon-shuhratni orzu qilmaslik kerak. Muvaffaqiyatga erishgan qarindoshingiz eng yaxshi o‘rnak bo‘lishi mumkin. U sizga maslahat bilan yordam berishi va to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin. Kim Kardashyanning bu borada omadi chopgan. Onasi Kris Jenner uning bolalikdagi kumiri bo‘lgan.

    “Men hamisha onamdan ilhomlanganman, uning kiyinish uslubi va o‘zini tutishiga taqlid qilganman va buning uddasidan chiqdim, deb o‘ylayman”, — degan Kim intervyularidan birida.

    Ma’lumot uchun, Kris Jenner 6 nafar farzandning onasi. U birinchi sobiq turmush o‘rtog‘i, Amerikadagi mashhur advokatlardan sanalgan Robert Kardashyan soyasida moda olamidagi kazo-kazolar davrasida o‘rnini topgan. U hali hamon podium va kechki ziyofatlarning eng aziz mehmonlaridan biri sanaladi. Kimga ustozidan o‘zib ketgan shogird deb ta’rif bersa ham yanglish bo‘lmaydi. U mashhurlik va muvaffaqiyat borasida bir vaqtlar o‘xshashni xohlagan onasini ortda qoldirgan.

    Ikkinchi qoida: maqsad qo‘yish

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kim Kardashyan bolaligidanoq bir kun kelib mashhur bo‘lishini yaxshi bilgan. Nufuzli Beverli-Xillz maktabida o‘qiganiga qaramay, kollejda o‘qish va dissertatsiya yoqlashni xayoliga ham keltirmagan. Uning barcha o‘y-xayoli televideniyeda ko‘rinish bilan band bo‘lgan. Sinfdoshlarining aytishicha, u o‘z istaklaridan uyalmagan, aksincha, atrofdagilarga o‘zining bo‘lajak yulduz ekanini uqtirishga harakat qilgan.

    Uchinchi qoida: maqsadga erishish usullarini topish

    https://www.instagram.com/p/CVQd0YdJO7b/

    Televideniyeda ko‘rinish berishdan avval Kim turli ziyofatlarda ishtirok etgan. Undan oldinroq esa Peris Xilton, Nikol Richi va Lindsi Loxan bilan apoq-chapoq bo‘lib yurgan. Asta-sekinlik bilan u aks etgan suratlar deyarli barcha jurnal muqovalarida chop etila boshlagan. Ammo bu bo‘lajak yulduz uchun yetarli bo‘lmagan. U o‘zining kiyim, atir brendiga asos solgan, internet-do‘konini ham ochishga ulgurgan. Tobora mashhurlikka erishishiga esa oilasi ham hissa qo‘shgan. 2007-yilda Amerika kanallaridan birida “Kardashyanlar oilasi” nomli realiti-shou efirga uzatilgan. Unda Kardashyan-Jennerlar oilasining barcha vakillari ishtirok etgan. Muxlislar shouni tomosha qilar ekan, Kimni undagi eng yorqin, faol va iste’dodli ishtirokchi deb e’tirof etgan.

    “Bolaligimdan aktrisa bo‘lishni orzu qilganman va hamisha meni yashirin kameralar suratga olayotganini tasavvur qilganman. Shu sabab ham realiti-shou qahramoni bo‘lish men uchun oson kechdi”, — degan Kardashyan.

    To‘rtinchi qoida: o‘z xatolarini tan olish

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xato va kamchiliklar har doim bo‘ladi. Bu ayniqsa biron ishga qo‘l urganda kuzatilishi sir emas. Shunday onlarda orzulardan voz kechmaslik, qo‘l siltamaslik muhim sanaladi. Kim yoqimsiz vaziyatlarda shunday yo‘l tutishga harakat qiladi.

    Beshinchi qoida: o‘zini xafa qildirib qo‘ymaslik

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tanqidlardan qochib bo‘lmaydi, ayniqsa mashhurlar qattiq tanbehlarga hamisha tayyor bo‘lishi kerak. Ammo kezi kelganda o‘zini xafa qildirib qo‘ymaslik kerak. Toki hech kimning sizni haqorat qilishga haddi sig‘masin. Kim Kardashyan mana shunday qoidaga amal qiladi. 2013-yil The Tonight Show’ga bergan intervyusi bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. U farzandli bo‘lganidan keyin qomatiga bildirilgan izohlarga quyidagicha javob bergan: “Tug‘uruqdan keyin boshqa ayollar singari vazn to‘pladim. Ammo meni semiz deydigan har kimga juda ham qo‘pol javob beraman”.

    Oltinchi qoida: kamchiliklarni afzallikka aylantirish

    https://www.instagram.com/p/CUwEmMbgELI/

    Kim bo‘yining pastligini baland poshna bilan yashirishning uddasidan chiqadi. Kiyinish uslubi va aksessuarlar bilan esa qomatiga urg‘u berishni afzal biladi.

    Yettinchi qoida: raqobatlashish

    https://www.instagram.com/p/CVBmy3EB_Ta/

    Usullar turli bo‘lishi mumkin, ammo ularni hammaga birdek qo‘llash kerak. Hatto bu tug‘ishganing bo‘lsa ham. Sal avvalroq Kardashyanning singlisi Xloi foydalanuvchilar tomonidan yozilgan izoh soni bo‘yicha Kimdan o‘zib ketgan. Bunga uning suratlar ostiga omadsiz sevgi haqidagi falsafiy fikrlarni yozib qoldirgani sabab bo‘lgan. Kim bunga shunday qarab turmagan. “Ko‘p iqtibos yozib qoldiradiganlarning muammosi bisyor bo‘ladi. Twitter’da bu normal, ammo Instagram suratlar uchun kerak”, — deb yozib qoldirgan u.

    Sakkizinchi qoida: har kuni o‘zini boshqalarga eslatib turish

    https://www.instagram.com/p/CTXbd9olwA1/

    Kim Instagram’dagi eng mashhur yulduzlardan sanaladi. Uning sahifasini 259 million foydalanuvchi kuzatadi. U bir kun ichida bir necha marta yangi suratlar joylashni afzal biladi. Suratlari millionlab layk yig‘ishi ham hech kimga sir emas.

    To‘qqizinchi qoida: kelajakka oid rejalar bilan bo‘lishish

    https://www.instagram.com/p/CU8Tv3xB09V/

    Hatto boshqalar uchun norealdek tuyilgan taqdirda ham o‘z rejalari haqida gapirishdan cho‘chimaslik kerak. Bir vaqtlar Kim selfi kitobini taqdim etmoqchiligini aytganida, ko‘pchilik uzoq vaqt davomida uning ustidan kulgan. Ammo nima bo‘lganda ham u rejasini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan va buning ortidan yaxshigina gonorar hamda mashhurlikka ega bo‘lgan.

    Mavzuga doir:

    • 550 ming dollarlik zirak, 380 ming dollarlik soat: Kim Kardashyanning eng qimmatbaho xaridlari (foto)
    • Kim Kardashyan va Kanye Uest ajrashganidan so‘ng bolalarga birgalikda vasiylik qilishga kelishib oldi
    • Yoshi 40 dan oshgan eng chiroyli yulduzlar reytingidan o‘rin olgan ayollarning go‘zallik siri nimada?
    • Foto uchun million: mualliflik huquqi sabab fotograflar bilan sudlashgan yulduzlar

    21.10.2021, 21:58   Izoh (0)   21608
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir vaqtlar Gollivud undan yuz o‘girgan bo‘lsa-da, kinoga katta muvaffaqiyat bilan qaytgan aktyor Brendan Freyzer hikoyasi (foto)

    21.10.2021, 12:56

    Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay, hamyonbop brendlardan kiyinadigan mashhur ayollar (foto)

    21.10.2021, 09:52

    Instagram: Kasallikdan so‘ng ilk marta ko‘rinish bergan Sherali Jo‘rayev, o‘rdak fermasini ochgan Rayhon, Alisher Usmonovning jiyani farzandli bo‘ldi

    20.10.2021, 22:36

    AQSh tarixidagi ilk ayol vitse-prezident — Kamala Xarrisning kiyinish uslubiga xos 7 qoida (foto)

    20.10.2021, 20:34

    “To‘yim to‘rt marta qoldirildi”. “Million” jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov to‘yidan avval o‘g‘illi bo‘lgani haqida gapirib berdi

    20.10.2021, 19:33

    AQShda bosh rollarni Anjelina Joli va Salma Xayek ijro etgan “Umrboqiylar” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto)

    20.10.2021, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Dunyo | 26 avgust, 20:10

    “Trampning Rossiyaga nisbatan sabri tugashiga umid qilaman” — Finlyandiya prezidenti

    Dunyo | 26 avgust, 19:55

    UzAutoMotors yangi avtomobil taqdim etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:53

    Talabalar bilan shartnoma tuzgan ijarachilarga 7 oyda 40,7 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi berildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:40

    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

    Reklama | 26 avgust, 18:00

    Hande Erchel va Hakan Sabanji: turk shou-biznesidagi eng mashhur juftlik ajralishdi

    Shou-biznes | 26 avgust, 19:30

    Tramp AQSH Federal zaxira tizimi boshqaruv kengashi a’zosini ishdan bo‘shatmoqchi

    Dunyo | 26 avgust, 19:15

    Soliq to‘lamay qiymati 150 mlrd so‘mga yaqin tovar sotgan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:00

    Boliviya prezidentligiga nomzod Rossiya bilan yirik shartnomalarni bekor qilishni va’da qildi

    Dunyo | 26 avgust, 18:45

    O‘zbek san’atkorlari Instagram’da reklama uchun qancha haq oladi?

    Madaniyat | 26 avgust, 18:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.