Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Zohirshoh Jo‘rayev sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram

Oilasi bilan Londonda yashaydigan xonanda Sevara Nazarxon qizini olib, Toshkentga keldi.

Shahzoda Muhammedova folloverlariga Istanbuldan mehr yo‘lladi.

Foto: Instagram

Sardor Mamadaliyevning “Birovning ayoliga ko‘z tikmang” deb nomlangan qo‘shig‘iga klip suratga olinmoqda. Unda bosh rollarni Umid Iskandarov hamda So‘g‘diyona Azimova ijro etmoqda.

Yulduz Rajabova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova Toshkentda xususiy klinika ochmoqda.

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani, insta-bloger Ganya Usmonova qiz farzandli bo‘ldi. Ganya farzandini Moskvadagi klinikalardan birida dunyoga keltirgan.

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva noodatiy tadbirkorlik turiga qo‘l urdi. U Navoiy viloyati Konimex tumanida o‘rdak fermasini ochdi.

Foto: Instagram

“Million” kulgi jamoasining yangi konserti 23-oktabrda YouTube’ga joylanadi.

Shahzoda Matchonova “Kalmar o‘yini”ni ko‘rib tugatganini aytib, folloverlaridan qaysi serialni tavsiya qilishlarini so‘radi.

Foto: Instagram

Betobligi aytilgan hamda uzoq muddatdan beri omma oldida ko‘rinish bermayotgan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning duo qilayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Hosila Rahimova Samarqandga ketayotganida yo‘l-yo‘lakay ukasining tug‘ilgan kunini nishonladi.