• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    OFK Kubogi finaliga yo‘l olgan “Nasaf”, Ronalduga yetib olgan Messi va apreldan beri yutqazmayotgan “Liverpul”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 20-oktabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    “Paxtakor” O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga chiqdi

    Foto: “Olimpik”

    Foto: “Olimpik”

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinda “Paxtakor” “Olimpik” bilan bahs olib borib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

    Shu tariqa “sherlar” mamlakat Kubogi yarim finaliga yo‘l olgan ilk jamoaga aylandi. Mazkur bosqichning qolgan o‘yinlari 28—29-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

    “Nasaf” OFK Kubogi finaliga yo‘l oldi

    Foto: “Nasaf”

    Foto: “Nasaf”

    Qarshining “Nasaf” klubi OFK Kubogining yarim finalida Gonkongning “Li Man” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi.

    Hal qiluvchi o‘yinda “Nasaf” “Al-Muharraq” (Bahrayn) va “Al-Kuvayt” (Kuvayt) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Mazkur bahs ham 20-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi esa 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

    Alisher Usmonov nomzodi FIE rahbarligiga tavsiya etildi

    2021-yilda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) hisobot-saylov Kongressi tashkil etiladi. Unda tashkilot rahbariyatiga saylov o‘tkaziladi.

    Foto: ESPN

    Foto: ESPN

    MOQ matbuot xizmatining yozishicha, Rossiya qilichbozlik federatsiyasi mazkur saylovga mamlakat nomidan FIEning amaldagi rahbari Alisher Usmonovning nomzodini ilgari surgan. Shu tariqa 27-noyabr kuni Shveysariyada o‘tkaziladigan FIE Kongressida Usmonov nomzodi ko‘rib chiqiladi.

    Ma’lumot uchun, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov 2008-yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U FIEga 2012 va 2016-yillarda qayta saylangan.

    Jahon

    Zidan “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkin

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkin, deb yozmoqda El Chiringuito TV.

    Manbaga ko‘ra, Manchester klubi Krishtianu Ronalduning tavsiyasiga bo‘yicha fransiyalik mutaxassis bilan aloqaga chiqqan.

    Avvalroq jamoaning ayni paytdagi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher so‘nggi vaqtlardagi qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

    Saudiyaliklar qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” Stiv Bryusni iste’foga chiqardi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Nyukasl” bosh murabbiyi Stiv Bryus o‘z lavozimini tark etdi. Klub o‘z bayonotida tomonlar o‘zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi.

    Shuningdek, “qarg‘alar” yaqin vaqt ichida yangi murabbiy nomini e’lon qilishini ham ma’lum qildi.

    60 yoshli Bryus “Nyukasl”da 2019-yildan buyon ishlab kelayotgandi. U klub Saudiya Arabistoni fondi tomonidan sotib olingach, jamoa boshqaruvida atigi bitta o‘yin o‘tkazdi.

    Messi Chempionlar Ligasida Ronalduga yetib oldi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “PSJ” hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasi 3-turi doirasidagi “Leypsig”ga qarshi o‘yinda (3:2) dubl qayd etdi.

    Nemis klubi (“Leypsig”) argentinalik hujumchining Chempionlar Ligasida gol urgan 37-jamoasi bo‘ldi.

    Shu tariqa Messi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga yetib oldi. Ronaldu ham YChL doirasida 37 ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan.

    Shuningdek, ushbu dubl tufayli 34 yoshli Messining 2021-yildagi gollari soni 40 taga yetdi. Messi faoliyatida 12-marta bir kalendar yilida 40 tadan ko‘proq gol urishni uddaladi.

    Saloh “Liverpul” rekordini o‘rnatdi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Atletiko” darvozasiga ikkita gol urdi.

    Shu tariqa misrlik futbolchi musobaqadagi gollar soni bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi — 31.

    Bungacha eng yaxshi natija musobaqada 30 ta gol urgan Stiven Jerrardga tegishli edi.

    “Liverpul” 21 ta o‘yindan beri yutqazmayapti

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Liverpul” Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida “Atletiko”ni mag‘lub etdi (3:2).

    Yurgen Klopp shogirdlari shu tariqa barcha musobaqalardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 21 uchrashuvga yetkazib oldi — 15 g‘alaba, 6 durang.

    “Qizillar” oxirgi marta 2021-yilning aprel oyida YChL 1/4 finalida “Real”ga mag‘lub bo‘lgandi (1:3).

    “Yuventus” va Dibala yangi shartnoma borasida kelishib oldi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Yuventus” hujumchi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.

    Tuttosport’ning xabar qilishicha, argentinalik futbolchi “keksa sinyora”  bilan 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bitim borasida kelishuvga erishgan. Dibalaning agenti muzokaralarning so‘nggi detallarini hal qilish uchun Turinga yetib borgan.

    Yangi bitimga ko‘ra, Dibala yiliga 8,5 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, 1,5 million yevro miqdorida bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

    “PSJ” Mbappeni tekinga qo‘yib yubormoqchi emas

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “PSJ” 2022-yilning yozida erkin agentga aylanadigan hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

    Parijliklar 22 yoshli futbolchini klubda qolishga ko‘ndirmoqchi va unga klub loyihasida asosiy rolni kafolatlamoqchi.

    Qayd etilishicha, “PSJ” Mbappega qisqa muddatli shartnoma taklif qiladi va bir yildan so‘ng unga boshqa klubga o‘tishiga qarshilik ko‘rsatmaslikni va’da beradi. Parijliklar shu yo‘l bilan Kilianni jamoada olib qolmoqchi. Boisi ular uni tekinga qo‘yib yuborishni istamaydi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe qancha pul taklif qilinishidan qat’i nazar, 2022-yilning yozida “PSJ”ni tark etishga ahd qilgani va “Real”ga o‘tishi haqida xabar berilgandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    20.10.2021, 22:15   Izoh (0)   45539
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Nasaf” 105+1-daqiqadagi gol evaziga Gonkong klubini yengib, OFK Kubogi finaliga chiqdi

    20.10.2021, 20:34

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik”ni bazo‘r yengib, yarim finalga yo‘l oldi

    20.10.2021, 18:20

    YChL. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Liverpul” “Atletiko M”ni yengdi, Saloh va Grizmanndan dubl. Messining ikkita goli “PSJ”ga g‘alaba keltirdi

    20.10.2021, 02:23

    YChL. “Real” va “Manchester Siti” 5 tadan gol urib, yirik g‘alabaga erishdi. “Inter” Jasur Yaxshiboyevning “Sherif”idan ustun keldi

    20.10.2021, 01:56

    OChL. Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda tushgan o‘yinda “An-Nassr” “Al-Hilol”ga yengilib, final yo‘llanmasidan quruq qoldi

    20.10.2021, 01:05

    Andijon maktabidan chiqqan, Valuyevni yenggan, og‘ir vazn toifasida tarixdagi eng yaxshi osiyolik bokschi Ruslan Chagayev faoliyatiga nazar (fotogalereya)

    19.10.2021, 23:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.