O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Irlandiyaning Dublin shahridagi Feniks bog‘ida ko‘payish mavsumida ikkita bug‘u jang qilmoqda.

Foto: AP Photo

Toshkent shahri Yunusobod tumani Qashqar (M-4) dahasida joylashgan 5-maktab binosidagi 519-saylov uchastkasi.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Vyetnamning Nintxuan viloyatida yashovchi aholi baliqlarni sotishdan oldin issiq quyoshda quritmoqda.

Foto: Legion Media

Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shohko‘chasida xazonlarni yig‘ayotgan obodonlashtirish xodimlari.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Shotlandiyada kiyik ovi mavsumi boshlandi. Mavsum fevral oyining o‘rtalariga qadar davom etadi.

Foto: Getty Images

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida qurilgan yangi yo‘lni ko‘zdan kechirdi. Shu yerda Prezidentga yo‘lsozlik, obodonlashtirish va kommunal sohalarda qo‘llaniladigan maxsus texnikalar namoyish etildi. Davlat rahbari ushbu texnikalarning biri bilan yaqindan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Pekinning Sanlitun tumanidagi savdo markazida Xitoy Kommunistik partiyasiga bag‘ishlangan videoni suratga olish paytida qizil sharlarni ko‘tarib yurgan qatnashchilar.

Foto: Reuters

Gaitida zo‘ravonlikka qarshi g‘alayonlar bo‘lib o‘tdi. Shanba kuni AQSh va Kanadadan kelgan 17 ta nasroniy missioneri Port-o-Prensda o‘g‘irlab ketilgan.

Foto: “TASS”

Tojikistonda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti mamlakatlarining harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: “TASS”

Qrimda desantlarning qirg‘oqqa hujum qilish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Foto: “TASS”

Nyu-York markazida akril bilan bezatilgan ko‘p qavatli favvora o‘rnatildi.

Foto: Getty Images

Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari Liviya qirg‘og‘idan 35 milya uzoqlikda odamlar bilan to‘lgan qayiqdan muhojirlarni qutqardi.

Foto: “TASS”

“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonga tushgan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jayron.

Foto: Qoraqalpog‘iston ekologiya qo‘mitasi

Chilida jamoat transporti narxining oshishiga qarshi norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Namoyishchilar ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish choralarini talab qilmoqda.

Foto: Getty Images

Kanadaning Manitoba provinsiyasidagi ko‘lda janjallashayotgan oq ayiqlar.

Foto: Legion Media

Manxettendagi Trump Tower tashqarisida avtomobiliga o‘tirayotgan AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp.

Foto: Reuters

Karachida payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) tavallud topgan oylarini nishonlashga bag‘ishlangan bayramda qatnashayotgan qizlar.

Foto: AFP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Londondagi Ilmiy muzeyda Global investitsiya sammiti paytida Bill Geyts bilan suhbatlashdi.

Foto: Getty Images

Moskvada koronavirusga chalinish holatlari avgust oyiga nisbatan to‘rt baravar ko‘paydi. Suratda: Leningradskiy temiryo‘l vokzalini dezinfeksiya qilish jarayoni.

Foto: EPA

Londonda Denis Vilenevning “Dyuna” filmining navbatdagi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Suratda: bosh qahramon rolini ijro etgan Zendaya.

Foto: EPA

Qog‘ozdan tayyorlangan bosh suyaklari Neapol markazidagi haykallarda paydo bo‘ldi.

Foto: EPA

Kambodjaning Chamkar-Man qishlog‘ida voleybol o‘ynayotgan bolalar.

Foto: “TASS”