Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab 15-oktabr kuni olingan suratlarni namoyish etamiz.

Filippinda kasallanish kamayganidan keyin koronavirus sabab qo‘yilgan ba‘zi cheklovlarni yumshatildi.
Foto: “TASS”

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan Respublika Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida tashkil etilgan 308-saylov uchastkasi binosiga kirib ketayotgan xodim.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Stokgolmda Greta Tyunberg Riksdag (Shvetsiya parlamenti) tashqarisida iqlim o‘zgarishlaridan ogohlantiruvchi afishani joylashtirmoqda.
Foto: AP Photo

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Sho‘ralisoy qishlog‘ida farzandlari bilan daladan qaytayotgan dehqon.
Foto: Dilruh Isomiddinova

Ispaniyaning Palma oroli vulqon kuli bilan qoplandi. Kumbre Vieha vulqoni otilishi davom etmoqda, uning lavasi taxminan 674 gektar maydonni qamrab oldi va 800 dan ortiq uyni vayron qildi.
Foto: “TASS”

Bayrutdagi to‘qnashuvlarda kamida olti kishi halok bo‘ldi. Namoyishchilar 2020-yil Bayrut portidagi portlashni tergov qilayotgan sudya Tarek Bitarning ishdan olinishini talab qilmoqda.
Foto: EPA

Mavritaniya hukumati koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan sayyohlarga mamlakatga tashrif buyurishga ruxsat berdi.
Foto: “TASS”

Turkiyaning Bursa shahridagi to‘qimachilik fabrikasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Foto: Getty Images

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida chili qalampiri hosilini yig‘ish va quritish jarayoni.
Foto: “TASS”

Alp tog‘lari etagidagi Tegernsi ko‘liga tushgan tuman.
Foto: Getty Images

Hinduiylik diniga mansub odamlar Nepalning Bxaktapur shahrida Dashain festivalining oxirgi kunidagi marosimda qatnashmoqda.
Foto: “TASS”

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Bristoldagi boshlang‘ich maktabga tashrif buyurdi.
Foto: “TASS”

Xitoyning Niauhi qishlog‘idagi bir gala qushlar.
Foto: Shutterstock

Afg‘onistondagi Babro shahrining Arghandob tumani bo‘ylab ketayotgan avtomobil ichida yuzini yashirayotgan ayol.
Foto: AFP

The Rolling Stones rok guruhi Koliforniyadagi SoFi stadionida borini berib qo‘shiq aytmoqda.
Foto: AP Photo

Idlibda yashovchi 19 yoshli Ahmad Ayyub tomdagi kabutarlar orasida o‘tiribdi. U oyoqlarsiz tug‘ilgan va protez oyoq o‘rnatib, ishga kirishni orzu qiladi.
Foto: Getty Images

To‘liq himoya kiyimidagi yo‘lovchi Xanoyning Tan Son Nxat aeroportida reysini kutmoqda. Mamlakatda koronavirus tufayli bir necha oylik lokdaundan keyin havo transporti qatnovini tiklandi.
Foto: AP Photo

Bangladeshning Dakka shahrida juma namozidan keyin Milliy masjidning qulflangan darvozasini buzmoqchi bo‘layotgan namoyishchilar.
Foto: AFP

Virjiniya shtatining Arlington shahridagi ko‘p qavatli uyda o‘z balkonida o‘tirgan erkak.
Foto: Reuters

Bagotadagi harbiy muhandislik maktabida halok bo‘lgan hamkasblari sharafiga navbatchilik qilayotgan kolumbiyalik askarlar.
Foto: Getty Images

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi