• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qalamning toyilishi

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Qalamning toyilishi

    (“Mushtum”ga sovg‘a)

    Bizda bir gap bor: birov bir qaltis gapni bilmasdan aytib qo‘yub juda izza bo‘lub ketsa, orqasidan qizarub-bo‘zarub turub: “Suyaksiz til ekan, toyib ketdi”, — deb qo‘yadur. Rost, til suyaksiz, toyib ketsa mumkin. Lekin qalam degan narsa tildek emas. U yo qamishdan, yo temirdan, yoki yog‘ochdan yasaladur. Zamonaning madaniy qalami bo‘lsa, mutlaq po‘lat uchlik bo‘ladur. Po‘lat-a, po‘lat! Uning toyib ketishi xiyla qiyin.

    Maskovdagi “Bosh paxtaqo‘mitasi”da1 bitta-yarimta toyaturg‘an qalam bor, lokin harchand undek katta bir idoraning qalamlari yot mamlakatlarda ishlangan (заграничный) va birinchi navdan (первый сорт) uchlarga ega bo‘lsalar ham, shoshilishda qoqilib ham ketarlar ekan!

    O‘sha Bosh paxtaqo‘m tomonidan paxta xususida o‘rus tilida bir kitob nashr etilgan edi. Kitobning ismidayoq shu “qalam toyilishi” hodisasi juda aniq ko‘rinadur. Ya’ni ijtimoiy asosga qurulg‘an Sho‘ro Jumhuriyatlari Ittifoqining Sharq tomonidag‘i a’zolari (O‘rta Osiyo va Qafqasiya jumhuriyatlari) tuprog‘ida unaturg‘an paxtag‘a “o‘rus paxtasi” (русский хлопок) deb ism qo‘yilg‘an.

    Bosh paxtaqo‘mdag‘i “toyilg‘ich qalam” Turkiston bilan Qafqasiya o‘rnig‘a Ryazan va Tobol viloyatlarini keltirib qo‘yub, osiyoliklarning “yaqin” va “g‘amxo‘r” do‘stlari bo‘lg‘an Milyukov2 va Cho‘qayevlarg‘a3 Parij maydonlarida jirtak chalishqa ortiqcha va kerakmas bir zamin tayyorlab bergan…

    Maskovdagi Bosh paxtaqo‘mdan va uning “toyilg‘ich qalami”dan xafa bo‘lishqa ham to‘g‘ri kelmaydur. Chunki u qalam birorta “sobiq”lardan chiqqan “спец” (ishbilarmon)ning qalami bo‘lsa kerak.

    Lekin o‘zimizning qizil Toshkentdagi O‘rta Osiyo sho‘ro jumhuriyatlarining bosh gazeti bo‘lg‘an “Turkpravda”g‘a4 nima deylik? Muhtasham kabinalarda o‘lturg‘anlari bilan, “Turk­pravda” sotrudniklari orasida ishbilarmonlar yo‘q edi, shekilli.

    Tojikiston jumhuriyati to‘g‘risida o‘rtoq Imomov bilan musohaba qilg‘an “Turkpravda” sotrudnigi “Pomir” (Murg‘ob)ni nimaga “O‘rus Pomiri” (Русский Памир) deb atadi ekan? Axir “Xitoy Pomiri”, “Ingliz Pomiri” degan atamalar bor, bu ham jug‘rofiy bir “atama”da demakchilarmi? Unda Turkistonni ham “O‘rus Turkistoni” (Русский Туркестан) desunlar; “Xitoy Turkistoni” degan atama ham bor…

    Biz hayron bo‘ldik, o‘yladik, oxirda shu qarorg‘a keldikkim: “Turkpravda” idorasida ham birorta “toyilg‘ich qalam” paydo bo‘lub qolg‘andur-da!..

    Gap cho‘zulub ketdi. Bosh og‘rig‘i bo‘lmasun deb qo‘rqamen: Turkiston iqtisod sho‘rosi tomonidan shu yil nashr etilgan “Statistika solnomasi” (Статистический ежегодник)ni o‘qub edim. Undagi toyilg‘an qalamning qo‘pollig‘ini ko‘ring! Ya’ni o‘sha kitobda: “Turkistonni olg‘an o‘rus podshohlari uni mus­tamlaka qilmoq uchun muayyan reja bilan iqtisodiy zarurat orqasida olg‘anlari yo‘q. Balki Rusiyaga chegaradosh bo‘lg‘an qabilalar o‘rus savdo karvonlarini talab, hadeb besaranjom qila bergandan keyin shularni bosamiz deb aylanishib kelib qolg‘an!” — deyiladur.

    Bu kuchli da’voga kuchli dalil lozim bo‘lg‘anidan: “Mana dalil kerak bo‘lsa!” — deb ushbu so‘zlar yoziladur: “Shuning uchundurkim Turkistonni olg‘andan ke­yin chor hukumati uni nima qilishini bilmay hayron bo‘lg‘an edi”…

    Qalamning bu daraja esiriklarcha toyilishi odamni qo‘rqutib yuboradur. Bu toyilg‘an qalam o‘zining shu toyilishi bilan o‘ktyabr inqilobining birinchi kunidan beri qilinib kelayotkan da’volarning ustiga katta bir qora chiziq chizmoqchi, shekillik! Ya’ni o‘ktyabr inqilobi “Chor hukumati Turkistonni mustamlaka qilish uchun olg‘an edi” degan shiorni tashlag‘an bo‘lsa ham, bizdan (statistikachilardan) so‘ramasdan, haqiqat qilmasdan shoshilib tashlab qo‘yg‘an… demakchi, shekillik!

    Barakalla!..

    Cho‘lpon

    Ushbu maqola “Farg‘ona” gazetasining 1924-yil 24-noyabr sonida “Mirzo Qalandar” imzosi bilan bosilgan. So‘ngra “Adabiyot nadir” maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan. “Farg‘ona” gazetasi asosida nashrga tayyorlandi. Cho‘lpon “Asarlar”i 4-tomida chop etilgan.

     


    Izohlar

    1 “Bosh paxta qo‘mitasi” — paxta yetishtirish ishini tiklash, paxta mus­taqilligiga erishish maqsadida 1921-yili VSNX qoshida tuzilgan bosh­qarma.

    2 P.N. Milyukov  — konstitutsion demokratlar partiyasining a’zosi, Vaqtli hukumatda tashqi ishlar vaziri. 1917-yildan keyin xorijga ketgan.

    3 Mustafo Cho‘qayev (1890–1941) — Turkistondagi milliy ozodlik harakati rahbarlaridan. Turkiston Muxtoriyati (Qo‘qon) hukumatining birinchi raisi. 1919-yildan muhojirlikda yashagan.

    4 “Turkpravda” (“Туркестанская правда”) — Turkiston ASSRning 1922-yil 20-iyuldan 1924-yil 25-noyabrgacha chiqqan gazetasi. Keyinchalik “Правда Востока” nomi bilan chiqqan.

    14.10.2021, 23:38   Izoh (0)   19178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda xorijiy internet-kompaniyalar 2021-yilda 15 mlrd so‘mdan ziyod soliq to‘lgani ma’lum bo‘ldi

    14.10.2021, 23:29

    Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqaril...

    14.10.2021, 23:13

    O‘zbekistondagi bog‘chalarda 9 oyda 6,6 mlrd so‘mlik ish haqi va tovarlar o‘zlashtirib yuborilgan — Maktabgacha ta’lim vazirligi

    14.10.2021, 22:58

    Uzbekistan Airways mahalliy aviaqatnovlar sonini oshiradi

    14.10.2021, 22:12

    UzAuto Motors yarimo‘tkazgichlar tanqisligi sabab xaridorlarga o‘rindiq isitish modulisiz arzonroq Cobalt taklif qildi

    14.10.2021, 21:11

    Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklidagi yig‘ilishida ishtirok etdi

    14.10.2021, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.