• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Chernobil AESning birinchi direktori — Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan Viktor Bryuxanov vafot etdi. Stansiyadagi avariya uning rahbarligi davrida yuz bergan

    Chernobil atom elektr stansiyasi (ChAES) birinchi direktori Viktor Bryuxanov 85 yoshida vafot etdi, deb yozadi “RBK”. Bu haqda stansiya matbuot xizmati Facebook orqali ma’lum qildi. Uning o‘limi sabablari keltirilmagan.

    Viktor Bryuxanov

    Viktor Bryuxanov
    Foto: Vida Press

    Bryuxanov 1935-yil 1-dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. U Toshkent politexnika institutining energetika fakultetini tugatgan, so‘ng Angren shahridagi issiqlik elektr stansiyasida ishlagan. 1966-yilda uni Ukraina SSRning Donetsk viloyatidagi Slavyan GRES (gidroresirkulyatsiya elektr stansiyasi)ga ishga taklif qilishadi.

    To‘rt yildan keyin Bryuxanov ChAES direktori etib tayinlanadi. Dastlab u stansiya qurilishiga, so‘ng uning ekspluatatsiyasiga rahbarlik qiladi. 1986-yil aprelida atom elektr stansiyasidagi halokatdan keyin u lavozimidan chetlatiladi.

    Viktor Bryuxanov

    Viktor Bryuxanov
    Foto: “TASS”

    1986-yil 26-aprelga o‘tar kechasi ChAESda 4-energoblokning RBMK-1000 reaktori portlab ketgandi. 30 kilometrlik halokat zonasidan 115 ming kishi evakuatsiya qilingan. Rossiya, Ukraina va Belarusning ayrim tumanlari halokat ta’siriga uchragan. Avariya oqibatlarini bartaraf qilish (likvidatsiya) ishlarida 600 mingga yaqin odam qatnashgan, ularning 165 mingi nogiron bo‘lib qolgan. Likvidatorlarning qariyb 60 ming nafari yuqori dozada nurlanish olgan, o‘n minglab odam avariyadan keyin ko‘p o‘tmay vafot etgan. Vayron bo‘lgan reaktorni izolyatsiyalash uchun 1986-yil noyabrida “Ukritiye” (“Boshpana”) obyekti qurildi, u sarkofag (qadimgi tosh tobut) sifatida ko‘proq mashhur.

    Chernobil AES va yangi sarkofagning ko‘rinishi

    Chernobil AES va yangi sarkofagning ko‘rinishi
    Foto: AP Photo

    SSSRda halokat sabablarini o‘rganish uchun tuzilgan davlat komissiyasi, shuningdek, MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) maslahat qo‘mitasi portlashga energoblok ishchilari tomonidan AESdan foydalanish qoidalarining qo‘pol tarzda buzilishi asosiy sabab bo‘lgan, degan xulosaga kelgan.

    Bryuxanov Chernobil avariyasi likvidatori bo‘lgan. 1988-yil iyulida u portlash xavfi bo‘lgan korxonalarda xavfsizlik texnikasi buzilishida aybdor deb topilib, o‘n yillik qamoqqa hukm qilingan. Bryuxanov Lugansk viloyatidagi koloniyada jazo muddatini o‘tagan. 1991-yil sentabrida u muddatidan avval qamoqdan ozod qilingan.

    Shundan keyin u yana bir qancha vaqt stansiyada texnik bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

    Bryuxanov AESdagi avariyaning bosh sababi xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ekani haqidagi rasmiy versiyaga nisbatan norozilik bildirgan. “Bizda qanday bo‘ldi: hamma tekshiruvlarni tugatganimizdan keyin, stop tugmasini bosdik, reaktor esa to‘xtash o‘rniga portlab ketdi. Men yadrochi fizik emasman. Men issiqlik bo‘yicha energetikman. Sodda qilib aytganda, “zavxoz” (xo‘jalik bo‘limi mudiri). Shuning uchun o‘z qarichim bilan o‘lchab taxmin qilishim mumkinki, agar reaktorning himoya tizimi yaxshi qurilganida, avariya yuz bermagan bo‘lardi”, — degan edi u intervyularidan birida.

    So‘nggi yillarda Bryuxanov Kiyevda yashab kelgan.

    Aprelda Ukraina xavfsizlik xizmati halokat haqidagi hujjatlarni oshkor qildi. Ular orasida Bryuxanovning eng birinchi hisobot ma’ruzasi bo‘lib, u 1986-yil 26-aprel sanasida yozilgan va “maxfiy” belgisi tushirilgan. Unda direktor yondosh aholi punktlaridagi muhit normal holatda ekani, radiatsiya darajasi esa nazorat qilinayotganini yozgan.

    Aktyor Kon O’Nill Viktor Bryuxanov rolida

    Aktyor Kon O’Nill Viktor Bryuxanov rolida
    Foto: iMDB

    2019-yilda HBO telekompaniyasi “Chernobil” miniserialini namoyish qilgan, unda Bryuxanovning rolini britaniyalik aktyor Kon O’Nill ijro etgan.

    Mavzuga doir:

    • Chernobil AESdagi fojiadan keyin 35 yil o‘tdi. Falokat zonasining hozirgi ko‘rinishi — suratlarda
    • “Chernobil” seriali Britaniyaning BAFTA akademiyasi 9 ta mukofotini qo‘lga kiritdi

    14.10.2021, 10:10   Izoh (0)   20172
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kuvayt tarixda birinchi marta ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berdi

    14.10.2021, 08:31

    Kseniya Sobchakni olib ketayotgan avtomobil bilan sodir bo‘lgan YTH videosi e’lon qilindi

    14.10.2021, 08:08

    Xitoy AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliyani qurollanish poygasini alanga oldirishda aybladi

    13.10.2021, 21:27

    Shimoliy Koreya harbiylari Kim Chen Inga betonni bosh bilan sindirish mahoratini namoyish qildi (video)

    13.10.2021, 20:10

    Xitoy koronavirus manbasini aniqlash uchun Uxandagi minglab qon namunalarini o‘rganadi

    13.10.2021, 17:42

    Britaniya matbuoti Rossiya AstraZeneca formulasini o‘g‘irlagani haqidagi maqolalar uchun uzr so‘radi

    13.10.2021, 16:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.