• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aziz Abduhakimovdan Ravshan Ermatovgacha. O‘zbek amaldorlari qaysi chet tillarida erkin so‘zlasha oladi?

    Bugungi globallashuv davri har bir kishidan ona tilidan tashqari, bir nechta chet tillarini bilishni ham taqozo etadi. Xorij tilini bilgan odam bemalol dunyo kezishi va muvaffaqiyatga erishishi, shubhasiz. “Daryo” muxbiri O‘zbekiston boshqaruv tizimidagi amaldorlar qaysi xorijiy tillarda erkin muloqot qila olishini aniqlash uchun ularni savolga tutdi.

    Aziz Abduhakimov, 47 yosh

    O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov uchta tilda bemalol gaplasha oladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Odam qancha ko‘p xorijiy tillarni bilsa, dunyo kezish va turli millat vakillari bilan muloqot qilish imkoniyati kengayadi. Bundan tashqari, tarjimonlik yoki gidlik qilib ham mo‘may daromad topish mumkin. Til bilgan odam hech qachon pulsiz qolmaydi, bemalol sayohat qiladi. Bola kichkinaligidan bir qancha tilni o‘rgansa, kelajakda hech qiynalmaydi. Ota-onalar ham farzandini bu borada qo‘llab-quvvatlab, to‘g‘ri yo‘naltirishi zarur.

    O‘zim rus, ingliz va yapon tilida so‘zlasha olaman. Bu uch tilda muloqot qilganimda tarjmonga ehtiyoj sezmayman. 1999—2001-yillarda Yaponiyadagi Hitotsubashi universitetida o‘qigan paytimda yaponchani katta qiziqish bilan o‘zlashtirganman”, — deydi Abduhakimov.

    Jamshid Qo‘chqorov, 57 yosh

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hukumat rahbari o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov rus va ingliz tillarida erkin muloqot qiladi. Qo‘chqorov turli xalqaro forumlarda hamda xorijlik mutaxassislar bilan inglizcha tarjimonsiz gaplashadi.

    U AQShning Kolorado shtati universitetida o‘qish maqsadida ingliz tilini o‘rgangan va 1994—1996-yillarda mazkur oliy o‘quv yurtida tahsil olgan.

    Ruslanbek Davletov, 41 yosh

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ta’kidlashicha, u ham rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladi va yozadi. Fransuz va turk tillarini esa tushunadi, yoza oladi, ammo so‘zlashuvda biroz qiynaladi.

    “Soha bo‘yicha ko‘proq ma’lumotlarni olish uchun chet tillarini bilishning ahamiyati katta. Bundan tashqari, xorijiy tillarni o‘rganish orqali biz o‘sha xalqning madaniyatiga kirib boramiz, yaqinroq bilamiz. Xorijiy tajribani tahlil qilishda ham juda muhim. Shuning uchun chet tillarini bilish kerak. Agar vaqt jihatdan imkonim bo‘lganida, xitoy tilini o‘rgangan bo‘lardim”, — dedi Davletov.

    Sherzod Shermatov, 44 yosh

    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov rus va ingliz tilida erkin gaplasha oladi, arab tilini qisman biladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “O‘zbek maktabida o‘qigan bo‘lsam-da, boshlang‘ich sinfda rus tilini, keyinchalik, litseyda ingliz tilini o‘rganganman. Arab tilidan ham biroz xabarim bor.

    Xitoy tilini endi o‘rganyapman, boshlanishi qiyin kechyapti. Bu tilni maxsus repititor yordamida o‘rganganim yo‘q, bunga vaqt ham yetmaydi. Duolingo dasturini telefonimga o‘rnatib olib, shu orqali o‘rganyapman. Bu ilova bepul va juda qulay, muhimi, o‘yin ko‘rinishidagi qiziqarli dastur ekan.

    Bugungi faoliyatimda rus va ingliz tilini bilishim juda asqatadi” — dedi Shermatov.

    Ibrohim Abdurahmonov, 46 yosh

    Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov ham ingliz va rus tillarida erkin muloqot qilishini qayd etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Maktabda biologiyadan Ittifoq olimpiadalarida qatnashardik. Shu bois rus tilini bilish muhim bo‘lgan. Rus tilini bilmay turib bunday olimpiadada qatnashib bo‘lmasdi, albatta.

    Uzoq qishloqda ta’lim olganim uchun bizda ingliz tili darsi o‘tilmagan. Universitetda o‘qib yurgan kezlarim xorijda o‘qish orzusida ingliz tilini o‘rganganman. TOEFL topshirib, “Umid” jamg‘armasi orqali AQShning Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tugatganman. Ilmiy adabiyotlar hammasi ingliz tilida bo‘lgani, o‘zim ham maqolalar yozish, ilmiy ishlarimni chop etishim kerakligi uchun ingliz tilini mukammal egallashga harakat qilganman.

    Yevropa mamlakatlarida ingliz tilini bilishning o‘zi yetarli hisoblanadi. Hozirda sharq tillari — yapon, koreys, xitoy tillarini o‘rganish ilm odami uchun juda ham kerak, deb hisoblayman. Agar imkon bo‘lsa, xitoy tilini o‘rganardim. Sharq tillaridagi maqolalarni Google Translate yordamida o‘qiyman. Ayrim so‘zlarini qarab, yodlab qolishga harakat qilaman”, — deydi Abdurahmonov.

    Timur Ishmetov, 42 yosh

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Moliya vaziri Timur Ishmetov rus va ingliz tillarini biladi. U 2003—2005-yillarda Buyuk Britaniyadagi Birminghem universitetida o‘qigan paytlari ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan.

    Akmal Burxonov, 40 yosh

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov to‘rtta: rus, ingliz, turk va yapon tillarida tarjimonsiz muloqot qiladi. Koreys va fransuz tillarida oz bo‘lsa-da gaplasha oladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Xorijiy tillarni tezda o‘zlashtirishimga muhit sabab bo‘lgan. Masalan, rus tilini yoshligimda rus aholi ko‘p hududda yashaganim uchun, ingliz tilini onam shu til o‘qituvchisi bo‘lgani bois o‘rganganman.

    1992—1993-yillarda men tahsil olgan litseyda turk tili fani o‘qitilgan. 2005—2007-yillarda Yaponiyadagi Nagoya universitetida o‘qiganimda darslar ingliz tilida bo‘lganiga qaramasdan, kunchiqar mamlakatda yapon tilini bilmay yashash qiyin kechgan. Shu bois yaponchani o‘rganishga majbur bo‘lganman”, — dedi Burxonov.

    U xitoy va fransuz tillarini puxta o‘zlashtirishni rejalashtirgan.

    Ravshan Ermatov, 44 yosh

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov sport olamida katta natijalarni qayd etishida ingliz tilini bilishi ham muhim rol o‘ynaganini alohida ta’kidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Rus va ingliz tillarida bemalol so‘zlasha olaman. Hakamlik davrimda ispan tilidagi kasbimga oid terminlarni o‘rganganman. Chunki o‘sha vaqtlarda Lotin Amerikasi futbolchilarining ko‘pchiligi inglizchani bilmas edi. O‘yinni nazorat qilish uchun ispan tilidagi terminalogiyani o‘rganishimga to‘g‘ri kelgan. Ammo ispanchada muloqot qilolmayman.

    Bugungi kunda Yevropaga borsangiz, italyanlar ham, nemislar ham, ispanlar ham, umuman, deyarli barcha davlat fuqarosi ingliz tilida gaplashadi. Dunyo bo‘yicha asosiy til hisoblangan inglizchani bilganim uchun hozircha boshqa xorijiy tilni o‘rganishga ehtiyojim yo‘q. Shu bilan birga menda vaqt masalasida ham biroz muammo bor”, — dedi Ermatov.

    Alisher Sa’dullayev, 27 yosh

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev O‘zbekistonda chet tillarini o‘rganish istiqbollari yuzasidan bildirgan taklifi bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nazariga tushgan va hukumat vakiliga aylangan.

    Uning aytishicha, ingliz va rus tillarida erkin gaplasha oladi. Koreys va nemis tillaridan boshlang‘ich bilimga ega, ya’ni bu ikki tildagi matnlarni o‘qib, o‘zini tanishtira oladi. Lekin erkin so‘zlasholmaydi. 27 yoshli Sa’dullayev kelgusida mazkur xorijiy tillarni mukammal o‘rganishni reja qilgan.

    Sherzod Hidoyatov, 41 yosh

    Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov rus va turk tillarida erkin muloqot qilishini, ingliz va arab tillarini haminqadar bilishini aytdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Maktabgacha ta’lim muassasasida rus guruhda ta’lim olganim uchun rus tilida bemalol gaplashaman. Oldinlari bevosita faoliyatim bilan bog‘liq ravishda ko‘p marta Turkiyada xizmat safarida bo‘lganman va shu tariqa turk tilida ham erkin suhbatlashish ko‘nikmasiga egaman.

    Ingliz tilini ta’lim jarayonida biroz o‘zlashtirganman. Hozirda xalqaro hamkorlar bilan muloqot jarayonlarida oz-ozdan bo‘lsa-da, bu boradagi ko‘nikmalarimni mustahkamlab borayapman. Arab tilini esa maktabda o‘rganganman. Chunki o‘sha vaqtda maktab ta’limida arab tili fani o‘qitilgan.

    Kelgusida ingliz tilini mukammal o‘rganmoqchiman. Bugungi kunda har bir sohani taraqqiy etishida xalqaro hamkorlik, ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish muhim ahamiyaga ega. Aynan shu jihatdan ham ingliz tilini puxta bilishni o‘zim uchun zarurat, deb bilaman va albatta kun tartibimda buning uchun alohida vaqt ajrataman”, — dedi Hidoyatov.

    Mavzuga doir: Saida Mirziyoyevadan Alisher Qodirovgacha. Xorijda tahsil olgan o‘zbekistonlik amaldorlar (foto)

    Mirolim Isajonov yozib oldi

    09.10.2021, 10:49   Izoh (0)   49842
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.