Doniyor Rustamov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib “Gazeta.uz” ma’lum qildi.
2015-yilning dekabridan buyon ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Bahromjon Olmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Doniyor Rustamov tayinlovga qadar axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
2020-yilning iyunida Oleg Pekos ATKR vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Jamol Maxsudov vazirning telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)