• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yemelyanenkolardan Diaslargacha. MMA olamidagi eng mashhur aka-uka va opa-singillar

    MMA olamida bir qancha mashhur aka-uka va opa-singil sportchilar mavjud. Ular haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.

    Aka-uka Yemelyanenkolar  

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    MMA tarixidagi eng yaxshi duetlardan biri Fyodor va Aleksandr Yemelyanenko. Juda ko‘p ekspertlar Fyodorni hamon aralash jang san’ati tarixidagi eng yaxshi jangchi deb hisoblaydi. 2001-yildan to 2009-yilgacha ketma-ket 27 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtlardagi Pride ligasi yetakchisi edi. Antonio Nogeyra, Garri Gurij, Kevin Rendlman, Mirko Krokop, Andrey Orlovskiy va ko‘plab kuchli jangchilarni mag‘lub etgan.

    XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi “so‘nggi Imperator” uchun omadli kechmadi. Fyodor bir necha bor mag‘lubiyatga uchradi. Hozirda uning “Fedor Team” jamoasi Bellator musobaqasida yorqin janglar namoyish etmoqda.

    Aleksandr Yemelyanenko esa akasi singari muvaffaqiyatli faoliyat olib bormadi. Sashaning jiddiy sovrinlari deyarli yo‘q. U oxirgi marta 2020-yil iyul oyida oktagonga chiqqan. O‘sha jangda u Magomed Ismoilovga mag‘lub bo‘lgandi.

    Yemelyanenkolar dueti MMA tarixidagi eng kuchlilardan biri bo‘lib qolaveradi.

    Aka-uka Diaslar 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Nik va Neyt Diaslar — UFC’dagi mashhur aka-ukalardan biri. Ikkalasi ham o‘z vaqtida jahonning eng kuchli sportchilari bilan jang qilgan. Nik Dias Strikeforce ligasidagi davrida faoliyatining cho‘qqisiga erishgan, Nik UFC’ga o‘tganidan so‘ng yarim o‘rta vazn toifasida kamarni himoya qilgan. Deyna Uayt qanoti ostida to‘rtta jang o‘tkazgan va ularning barchasi mashhur yakkakurashchilarga qarshi bo‘lgan. Avvaliga, Nik sobiq jahon chempioni Bi Jey Pen ustidan g‘alaba qozondi, keyin esa Karlos Konditga mag‘lub bo‘ldi. So‘ngra afsonaviy Jorj Sen-Pyer bilan jangga chiqqan. Kanadalik sportchi bilan Dias munosib jang olib bordi, ammo Jorjni yengish nasib etmadi.

    2021-yil 25-sentabr kuni Nik Dias Robbi Louler bilan oktagonga chiqdi. Amerikalik jangchi Dias ustidan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    Neyt esa UFC’da akasidan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan. Konor Makgregor bilan jang Neytga shuhrat olib keldi. Irlandiyalik sportchi bilan revansh jangidagi mag‘lubiyat esa ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng Dias 3 yil mobaynida oktagonga chiqmadi. Lekin 2020-yilda ikkita jang o‘tkazdi. Entoni Pettis ustidan g‘alaba qozondi va Xorxe Masvidalga yengildi. 2021-yil 12-iyunda Leon Edvards bilan jangga chiqdi va unga ham mag‘lub bo‘ldi.

    Aka-uka Freyrelar 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Patrisiu va Patrike Freyre, ko‘proq “Pitbul” laqabi bilan mashhur bo‘lgan aka-ukalar Bellator’ning mashhur jangchilaridan biri bo‘lgan. Patrisiu Freyre promoushnda 23 ta jang o‘tkazgan va ularning 19 tasida g‘alaba qozongan. Freyre ikki vazn toifasi: yengil va yarim yengil vazn toifasida chempion hisoblanadi.

    Ukasi Patrike esa 2011-yilda Bellator’da jang qila boshlagan. Maykl Chendler (ikki marta) va Eddi Alvares kabi mashhurlar bilan jang o‘tkazgan. Lekin yuqori cho‘qqiga chiqa olmagan. 2019-yilda Yaponiyaning RIZIN musobaqasiga o‘tib ketgan. U yerda Patrik finalgacha qiynalmasdan yetib borgan. Ammo hal qiluvchi jangda ozarbayjonlik Tofik Musayevga yengilgan. Braziliyalik sportchi 2021-yilda Bellator’ga qaytdi va Piter Kuilliga qarshi jang qildi. Patrike ushbu jangda nokautga uchradi.

    Aka-uka Pettislar 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu sportchilarni ortiqcha ta’riflash shart emas. Entoni “shoutaym-zarba”si tufayli UFC’ning afsonasiga aylangan. Katta Pettis UFC’da ajoyib faoliyat olib borgan. 2011-yilning oxirida ligada faoliyatini boshlagan Pettis 2013-yilda yengil vazn toifasida chempionga aylangan. Lekin uni ko‘p vaqt ushlab tura olmagan. Shunga qaramasdan Pettis liganing eng yorqin jangchilaridan biri bo‘lib qoldi. 2020-yilda UFC’da uchta jang o‘tkazdi va ularning ikkitasida g‘alaba qozondi. Yuqori notada UFC’ni tark etgan Entoni PFL’ga o‘tdi. PFL esa uning uchun omadi kelmadi. Ikkita jangda ikkita mag‘lubiyat.

    Serxio Pettis UFC’da 14 ta jang o‘tkazgan va 9 tasida g‘alabaga erishgan. 2019-yilda Tayson Nem ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng UFC’ni tark etdi. 2020-yildan buyon Bellator’da faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2021-yilning may oyida Xuan Archuletani mag‘lub etdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

    Opa-singil Shevchenkolar 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Qirg‘izistonlik opa-singillar oxirgi yillarda eng yaxshi sportchi maqomiga loyiq faoliyat olib bormoqda. Valentina Shevchenko o‘z vazn toifasida munosib yetakchilik qilyapti. 2018-yildan buyon 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozondi. Valentina chempionlik kamarini olti marta himoya qilgan. Valentina UFC tarixidagi eng yaxshi sportchi ayollardan biri.

    Antonina esa kikboks va muay-tayda sezilarli natijalar qayd etgan. UFC’dagi faoliyati esa 2018-yilda boshlangan. Katta Shevchenko UFC’da muvaffaqiyatga erishadimi-yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.

    So‘nggi vaqtlarda MMA’da faoliyatini yaqinda boshlagan va boshlamoqchi bo‘lgan aka-ukalar talaygina topiladi. UFC afsonasi Habib Nurmagomedovning amakivachchalari Umar va Usmon Nurmagomedov eng nufuzli promoushenlarda bir nechta jang qilishga ulgurdi. Zabit Magomedsharipovning ukasi Hasan ham MMA’ga kirib kelmoqda. Shuningdek, Kit Li akasi Kevin Lining muvaffaqiyatini davom ettirishga urinadi.

    03.10.2021, 12:55   Izoh (0)   22801
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    La Liga. “Atletiko” o‘z uyida “Barselona”ga imkon qoldirmadi, Luis Suaresdan gol va assist

    03.10.2021, 02:47

    A Seriya. “Yuventus” Turin derbisida so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘olib bo‘ldi, “Inter” irodali g‘alabaga erishdi

    03.10.2021, 02:44

    APL. “Arsenal” safarda nursiz durang qayd etdi

    02.10.2021, 23:32

    Ispaniyaning yetakchi klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

    02.10.2021, 21:57

    APL. 4 ta urilgan o‘yinda “Chelsi” ishonchli g‘alabaga erishib, peshqadamga aylandi, “Manchester Yunayted” esa o‘z maydonida “Everton”ni yenga olmadi

    02.10.2021, 21:10

    Bundesliga. “Borussiya D” o‘z uyida “Augsburg”ni mag‘lub etdi

    02.10.2021, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.