Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hokim sifatidagi birinchi maoshini kambag‘allarga bergan G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov sektor rahbarlari orasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani uchun o‘ziga berilgan 5 million so‘m mukofot pulini ham ehtiyojmandlarga ilindi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Videodan skrinshot

Foto: Videodan skrinshot

Qayd etilishicha, Bekzod Suyunov sektor rahbari sifatida erishgan yutuqlari sabab viloyatdagi 60 ta sektor rahbari orasida 3-o‘rinni egallagan. Unga buning uchun viloyat hokimi Zoir Mirzayev tomonidan 5 million so‘m pul mukofoti berilgan.

“Tuman hokimi 27-sentabr kuni ushbu 5 million so‘m pul mukofotini ikki nafar farzandi bilan 25 yildan beri ijarada yashab kelayotgan Marziya Ergashevaga hadya qilib, uy-joy qurishda ko‘maklashmoqchiligini bildirdi”, — deydi hokimning matbuot kotibi Xudoyberdi Yo‘ldoshev.

Qo‘shimcha qilinishicha, hokim fuqaro turar joy qurilishini boshlasa, yana qurilish materiallaridan ham yordam qilishini ma’lum qilgan.

“Bu sovg‘adan xursand bo‘lgan Marziya opa ko‘zida yosh bilan Prezidentimiz va mutasaddilarga minnatdorchilik bildirdi”, — deyiladi hokimlik rasmiy Telegram kanalidagi axborotda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining qayd etishicha, viloyatda sektor rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro bellashuvda Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, 15 million so‘m pul muokofti bilan, Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi