O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar—avgust oylaridagi holatga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar (oilalar) 76,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Shundan:
- bir bolalilar — 24,1 foiz;
- ikki bolalilar — 25,8 foiz;
- uch bolalilar — 18,3 foiz;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar — 7,9 foiz.
Avvalroq qo‘mita O‘zbekistonda 1-yanvar holatiga ko‘ra jami 8 871 412 ta oila mavjudligini, qaysi viloyatdagi oilalar eng serfarzand ekanligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)