• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilarini qutlab, tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Hurmatli festival qatnashchilari!

    Muhtaram mehmonlar!

    Xonimlar va janoblar!

    Avvalo, ‘Ipak yo‘li durdonasi’ XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan siz, qadrli ishtirokchilarni — mashhur aktyor va rejissorlar, operator va rassomlar, prodyuserlar, kinoshunos olimlar, taniqli madaniyat arboblarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Sharq darvozasi, azim Toshkent shahriga, qadimiy va betakror O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!

    Bugungi global dunyoda eng ommaviy va ta’sirchan san’at turi bo‘lmish kinoning yer yuzidagi turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro yaqinlashtirish, tinchlik, do‘stlik va gumanizm g‘oyalarini targ‘ib etish borasidagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda.

    Biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonda jahonning uzoq va yaqin davlatlari bilan barcha sohalar qatori madaniy jabhada ham samarali hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

    O‘zining 50 yildan ziyod tarixi va an’analariga ega bo‘lgan Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanib, ‘Ipak yo‘li durdonasi’ degan yangi nom bilan ‘Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun’ shiori ostida o‘tkazilayotgani shu yo‘ldagi ulkan amaliy qadamdir.

    Hech shubhasiz, dunyoning qariyb 50 mamlakatidan 300 dan ziyod san’at ustalari, jahon kino yulduzlari ishtirok etayotgan ushbu anjuman sohadagi bugungi rivojlanish jarayonlari, ijodiy izlanish va tajribalarni atroflicha tahlil etib, hamkorlik istiqbollarini belgilab olishda o‘ziga xos muloqot maydoni, yosh ijodkorlar uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

    Bir asrdan ziyod boy tarix va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek kino san’ati o‘zining milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida yaratilgan yetuk asarlari bilan jahon kinematografiyasida munosib o‘rin egallashi sizlarga yaxshi ma’lum.

    Mamlakatimizda keyingi paytda barcha sohalar qatori kinematografiya tizimi rivojiga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ijod erkinligi, sog‘lom ijodiy raqobat, xususiy mulk daxlsizligi kabi demokratik tamoyillar ushbu sohaga ham dadil joriy etilmoqda.

    Kinostudiyalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar berish, yuksak didli tomoshabinlarning talablariga javob beradigan badiiy yetuk kartinalar yaratish, jamiyatimizda kino san’atini keng ommalashtirish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

    Muhtaram festival ishtirokchilari!

    Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda ijtimoiy voqelikka, jumladan, madaniyat va san’atga qarash va mezonlar tinimsiz yangilanib borayotgani barchamiz uchun ayon haqiqatdir. Bu jarayonlar hayotni yaxlit bir holda, jamiki ziddiyat va murakkabliklari bilan haqqoniy aks ettiradigan kinematografiya rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy, albatta.

    Aminmanki, qayta tiklangan, o‘z tarixida yangi sahifa ochayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali zamonning o‘zi talab qilayotgan ana shunday yuksak badiiy mezonlar ruhida o‘tadi.

    Ishonchim komil, XIII Toshkent xalqaro kinofestivali ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi uchun chinakam san’at bayramiga aylanib, yangi nom va iste’dodlarni kashf etadi, kinoijodkorlar va kino ixlosmandlari xotirasida yorqin taassurotlar qoldiradi.

    O‘ylaymanki, sizlar festival doirasida mamlakatimizning qadimiy va zamonaviy shaharlarida bo‘lib, turli soha vakillari bilan uchrashib, Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘zgarishlardan bevosita xabardor bo‘lasiz.

    Siz, azizlarni yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, festival ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Mavzuga doir:

    • Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlari aniqlandi
    • Mitxun Chakraborti: Yangi O‘zbekistondagi bugungi o‘zgarishlardan hayratdaman

    28.09.2021, 21:42   Izoh (0)   18036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda noma’lum yuqumli kasallik tarqalayotgani haqidagi videomurojaat yuzasidan izoh berdi

    28.09.2021, 21:27

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi Madaniyat markazida san’at namoyandalari bilan uchrashdi

    28.09.2021, 21:11

    O‘zbek-tojik chegarasida nimalar bo‘lgan edi?

    28.09.2021, 21:04

    Samarqandda “ZIL” kabinasi yonib ketdi

    28.09.2021, 20:44

    Qashqadaryoda ayol eri, qaynota va qaynog‘asi nohaq qamoqqa olinganini aytib, Prezidentdan yordam so‘radi. Ular qotillikda gumonlanmoqda

    28.09.2021, 20:13

    “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatida poyezd eshiklari ochilmay qolgani aytilgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha izoh berildi

    28.09.2021, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.