Izsiz yo‘qolgan 43 talaba, vulqon kuli bilan qoplangan shahar, politsiyaga otilgan qo‘lbola raketa. 27-sentabr suratlari
Dunyo bo‘ylab 27-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohi oldida Afg‘oniston ayollari huquqlari uchun o‘tkazilayotgan mitingda qatnashayotgan 16 oylik Iman Sangi.Foto: Reuters
Hukumatga qarshi namoyishchilar Bangkokdagi namoyish paytida suv bosimidan foydalanib, qo‘lbola raketalarni politsiya tarafga uchirmoqda. Namoyishchilar Tailand bosh vazirini iste’foga chiqarishni talab qilmoqda.Foto: AFP
Edinburgda balet raqqoslari Natalya Osipova, Isaak Ernandes va Jeyson Kittelberger “Karmen” zamonaviy raqs spektakli oldidan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.Foto: PA
Kaliforniyadagi Xantington-Bich shahrida syorfer itlarning an’anaviy musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Foto: Getty Images
Meksikada 43 talaba g‘oyib bo‘lganining yetti yilligi munosabati bilan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. O‘sha vaqtda kollej talabalari 26-sentabr kuni Iguala shahrida politsiya bilan to‘qnashuvdan so‘ng g‘oyib bo‘lgan.Foto: Getty Images
Italiyaning Polinyano-a-Mare shahri yaqinida o‘tkazilgan Red Bull Cliff Diving sho‘ng‘ish bo‘yicha jahon seriyasi mavsumi yakunlandi.Foto: Getty Images
Fransiyaning Nitssa shahri osmonidagi chaqmoq.Foto: AFP
Tehronda diniy bayroqlarni ushlab, Arbain kunini nishonlayotgan ayollar. Arbain kunida shialar Muhammad (s.a.v.) nabiralari bo‘lgan Husayn ibn Ali (r.a.) shahid bo‘lganini xotirlaydi.Foto: Reuters
Ispaniyaning Palma orolida otilgan vulqon kuli bilan qoplangan shahar ko‘chasidan ketayotgan ayol.Foto: AP Photo
Pokistonning Lahor shahrida mashhur avliyo al-Shayx Ali bin Usmon al-Hajvariyning ziyoratgohida har yili o‘tkaziladigan uch kunlik bayramni nishonlash paytida bepul sut olishga harakat qilayotgan ayollar.Foto: AP Photo
Isroilda bir hafta davom etgan Sukkot bayrami yakunlanmoqda.Foto: EPA
Brayton markazidagi Leyboristlar partiyasi konferensiyasida ma’ruza qilgan ingliz siyosatchisi Reychel Rivz.Foto: PA
Izoh (0)