Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida o‘z o‘g‘lini befarzand oilaga sotishga uringan ayol jazolandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 3 nafar farzandli ayol 6 yoshli o‘g‘lini 8—10 yildan beri farzand ko‘rmagan oilaga 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi hamda kodeksning 57-moddasini qo‘llanilib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Ayolning farzandlari esa mehribonlik uyiga topshirilgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u o‘gay onasinikida yashagan. Uy olib, hech bo‘lmasa, ikki bolasi bilan yaxshi yashayman, boshqa oilaga bergan bolasini sog‘inganda borib ko‘rib turaman, degan niyatda shu ishga qo‘l urgan.
Izoh (0)