23-sentabr kuni dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Avstraliyadagi Pert hayvonot bog‘ining jirafasi Kitoto va uning bolasi ommaga ilk bor ko‘rinish berdi. Jirafa bolasi bu turning yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mintaqaviy naslchilik dasturi doirasida tug‘ilgan. Hayvonot bog‘i jirafachaga nom berish uchun ommaviy tanlov o‘tkazmoqda.
Foto: Getty Images
Orenburg viloyatida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar tinchlik missiyasi qurolli kuchlarining qo‘shma harbiy aksilterror qo‘mondonligi va shtab mashg‘ulotida harbiy kamuflyaj uskunalarini namoyish qilayotgan harbiy xizmatchilar.
Foto: EPA
Buyuk Britaniyaning Uorikshir grafligida qo‘ziqorinlar bilan oziqlanayotgan olmaxon.
Foto: Legion Media
Marlow Bird Park’da avstraliya lorilari qo‘lini cho‘qib olganiga reaksiya bildirayotgan Germaniya kansleri Angela Merkel.
Foto: DPA
Mavzuga doir: WSJ: Merkel Baydenning inauguratsiyasidan keyin u bilan telefonda suhbatlashishni rad etgan
Massachusets shtatida bolalar nikohini to‘xtatishga chaqirish uchun shtat hokimiyatiga yig‘ilgan kelin kiyimidagi faollar.
Foto: Getty Images
Xitoyning Sichuan provinsiyasi Volong milliy qo‘riqxonasida joylashgan Shenshuping pandalar naslchilik bazasida dam olayotgan panda bolalari.
Foto: Reuters
Texasdagi Rio-Grande daryosini kesib o‘tgan muhojirlar chegara patrul avtobusini tark etib, Valverde gumanitar koalitsiyasi qabuliga ketmoqda.
Foto: Getty Images
Daniyada 1971-yil 26-sentabrda harbiy hududda tashkil etilgan Fritaun Kristianiyaning 50 yilligiga bag‘ishlangan paradda qatnashayotgan odamlar.
Foto: AFP
Urugvayning asosiy sayyohlik porti 18 oylik tanaffusdan keyin yana turistlarni kutib olish uchun ochildi.
Foto: EPA
Parijdagi “G‘alaba arkasi” asli bolgar bo‘lgan amerikalik rassom Xristo Yavachev g‘oyasi asosida kulrang matoga o‘raldi.
Foto: Getty Images
Madriddagi Kolizey teatrida 81 yoshli xonanda Tina Tyorner haqidagi “Tina” musiqiy teatri press-namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Foto: EPA
Xanoy ma’muriyati koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun ikki oy oldin qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirdi.
Foto: EPA
Mayamida Gaiti qochqinlarining chiqarib yuborilishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazildi.
Foto: EPA
Panamada COVID-19 pandemiyasi doirasida cheklov choralariga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi.
Foto: EPA
Mavzuga doir: Rossiyada COVID-o‘limlar bo‘yicha rekord takrorlandi, Braziliya prezidenti yakkalanish rejimiga o‘tdi. Koronaxabarlar
Pokiston–Afg‘oniston chegarasidagi Chaman shahrining “Do‘stlik darvozasi” o‘tish punktida turgan yuk mashinasiga mahalliy bozorga yetkazib berish uchun Afg‘onistondan piyoz ortayotgan odamlar.
Foto: Reuters
Gaitidagi Port-o-Prens markazidagi ko‘chalarda patrullik qilayotgan politsiya yonida qo‘llarini ko‘tarib turgan odam. Shahar aholisi 21-sentabr kuni politsiya tomonidan odam o‘ldirilgandan so‘ng katta namoyishlar uyushtirmoqda.
Foto: AP Photo
Avvalgi kunlarning fotogalereyalar:
- Baydenni eshitishni xohlamagan isroilliklar, hashamatli yaxtalar ko‘rgazmasi, qizlar maktabiga qilingan hujum. 22-sentabr suratlari
- Ko‘ngilxushlik qilayotgan “Tolibon” harbiylari, norozilik bildirib, qabrga tushib olgan dehqonlar, sayozlikda turib qolgan kema. 21-sentabr suratlari
- Hukumat tomonidan maymunlarga ajratilgan mablag‘, Venetsiya ko‘chalarida suzib yurgan “Nuh skripkasi”, Qur’on o‘rganayotgan kobullik bolalar. 20-sentabr suratlari
- Britaniyada qurilgan Vinni Pux uyi, basseynda o‘tayotgan moda haftaligi, mehmonxonaga aylantirilgan samolyot. 17-sentabr suratlari
- Reklama qilingan politsiya, Parijda o‘rangan “G‘alaba arki”, poyezddan otilgan raketa. 16-sentabr suratlari
- “Abdullajon”ning qovoqlari, dindoshini
- “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlagan ayollar, sobiq prezidentning yirtilgan surati, Turkiyadagi sirli joy. Hafta suratlari