Ijtimoiy tarmoqda “Toshkentda uyqudagi GAI” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB tekshiruv o‘tkazib, natijasini e’lon qildi.

Kadr: Videodan skrinshot

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Jo‘raqulov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolangani, yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilganiga qaramasdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, u xizmat davomida turli nomaqbul harakatlari, mas’uliyatsizligi sabab Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug‘i talablarini buzgani uchun O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 144-bandi, “k” kichik bandiga (ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etishi) muvofiq ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Shuningdek, ushbu xodimning bevosita komandirlari intizomiy jazolanishi bo‘yicha xulosa qilingan.