Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 12 yoshli qizning o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB

Qayd etilishicha, 11-sentabr kuni soat 08:45 da Gazarak–Tortuli yo‘nalishi bo‘yicha katta tezlikda ketayotgan Matiz yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda qiz og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Matiz’ning o‘zi esa haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda haydovchi va unda bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Surxondaryoda Nexia-3 piyodani urib ketishi oqibatida 5 nafar onasiz bola otasidan ham ayrilgani haqida xabar berilgan edi.