Namanganning Uchqo‘rg‘on tumanida Nexia yo‘ldan o‘tayotgan 22 yoshli piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 12-avgust kuni soat 16:00 larda “Tinchlik” MFY Andijon ko‘chasi hududida yuz bergan. Nexia haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda 22 yoshli piyoda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 17-avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Namangan viloyati Uychi tumanida Damas 12 yoshli qizni urib yuborgani, Chust tumanida Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan mast piyodani urib ketgani haqida xabar berilgan edi. Har ikkala piyoda ham olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.