Reper Tupak Shakur ichidaligida o‘ldirib ketilgan, 1965-yilga mansub BMW 750IL mashinasi 1,7 million dollarga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Qayd qilinishicha, Tupakning BMW’sini o‘sha sodir bo‘lgan otishma yeridan uncha uzoq bo‘lmagan – Las-Vegasdagi Celebrity Cars avtosalonidan xarid qilish mumkin.
Ma’lumot uchun, Tupak Shakur 1996-yil, Amerikaning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlarining reperlari o‘rtasidagi mojaro vaqtida o‘ldirilgan. 2018-yilning iyul oyida unga o‘qni sobiq gangster Dueyn Kit Devisning jiyani Orlando Anderson otgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)