Mercedes-Benz kompaniyasi Myunxenda avtomobilni “qo‘lsiz” boshqarish imkonini beradigan yangi ixtirosini namoyish etdi. CES-2020 ko‘rgazmasida taqdim etilgan Vision AVTR konsept-kari namoyish namunasiga aylangan. Endilikda avtomobil tom ma’noda BCI texnologiyasi orqali haydovchining fikrini o‘qiy oladi, deb xabar beradi Motor.
Vision AVTR qurilmalar paneliga har biri ma’lum funksiyaga bog‘langan yonib turuvchi nuqta-belgilar kiritiladi. Haydovchining gardaniga qotirilgan BCI qurilma uning miya faolligini qayd etib, real vaqt rejimida bosh miya qobig‘idagi neyronlarni kuzatadi.
Shu orqali qurilma haydovchining e’tibori qaysi yorug‘lik nuqtasiga qaratilganini hisoblaydi va avtomobilning kerakli funksiyasini ishga tushiradi. “Fikr kuchi” yordamida aynan qaysi funksiyalar ishga tushirilishiga oydinlik kiritilmagan.
Mercedes-Benz o‘zining ixtirosini ovozli yordamchi va MBUX Hyperscreen multimedia tizimidan keyingi mashina bilan aloqani soddalashtirishdagi muhim qadam deb atamoqda. Kompaniyadagilarning fikricha, bu imkoniyati cheklangan insonlarga qo‘l keladi.
Avvalroq elektr energiyasida harakatlanuvchi Mercedes-Benz Gelandewagen taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.