Samarqand shahrida Ford yuk mashinasi YPX xodimining Equinox xizmat mashinasiga borib urildi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 10-sentabr kuni soat 13:00 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar hududidan o‘tgan M-37A avtomobil yo‘lining 43-kilometrida, Toshkent–Buxoro yo‘nalishida haydovchi I.A. Ford rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtab turgan haydovchi, YPX xodimi M.Rasulov boshqaruvidagi Equinox’ning orqa tomoniga urilgan.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga texnik zarar yetgan.
Mazkur YTH yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)